Bugungi kunda andijonlik gaz iste’molçilarining 471 mingdan ortiğini suyultirilgan gaz iste’molçilari taşkil etmoqda. “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali tomonidan barça iste’molçilarga bir maromda suyultirilgan gaz yetkazib beriş tizimi yölga qöyilgan bölib, yil boşidan beri aholiga 74 ming 75 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.


Ma’lumki, sovuq ob-havo vaqtida suyultirilgan uglevodorodli gazning bir qismi oğir qoldiqqa aylanadi va yonuvçanligini yöqotadi. Şu bois undan foydalaniş mumkin emas. Bugungi kunda “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filialining “Asaka”, “Şahrixon” hamda “Qörğontepa” gaz töldiriş şoxobçalarida oğir qoldiq tökiş işlari doimiy ravişda olib borilmoqda.

“Yoz kunlarida kuniga örta hisobda 30–40 dona gaz ballonidan oğir qoldiqlarni töksak, kuz-qiş mavsumida bu son 100–120 donani, ba’zida 150 donani ham taşkil etadi, – deydi “Qörğontepa” gaz töldiriş şoxobçasining oğir qoldiq tökuvçi çilangari Muhammadali Mamasoliyev. – Oğir qoldiqni tökişda har bir tökilayotgan maişiy gaz balloni avval tarozidan ötkaziladi, oğir qoldiqdan böşatilgaç, yana tortilib, söngra maxsus kitobga qayd etib boriladi”.

Ötgan yil davomida “Asaka” gaz töldiriş şoxobçasida 432 ming 665 dona maişiy gaz ballonlaridan 22.34 tonna oğir qoldiq tökib olingan bölib, şundan 21.57 tonnasi utilizatsiya qilingan. “Qörğontepa” gaz töldiriş şoxobçasida 2021 yilda 793 ming 842 dona ballondan 43.18 tonna oğir qoldiq tökilganini körsatmoqda. “Şahrixon” Gşda esa ötgan yil davomida 480 mingga yaqin maişiy gaz ballonga suyultirilgan gaz töldirildi. Şundan 464 ming 879 donasida oğir qoldiqlar borligi aniqlangan. Tökilgan qoldiq miqdori 33.4 tonnani taşkil etib, şundan 31.36 tonnasini utilizatsiya qilişga erişildi.

Şuni alohida ta’kidlaş kerakki, “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali “Şirin gaz servis” va “Poytuğ” gaz töldiriş stansiyalari xizmatidan foydalanadi va u yerda ham har bir maişiy gaz ballondan oğir qoldiq tökilişi nazoratga olingan. Ötgan 2021 yilda viloyat böyiça 3 million 431 mingdan ortiq maişiy gaz ballonlardan oğir qoldiq tökib olingan bölsa, joriy yilning 1-çoragida 1 million 154 ming 692 dona ballon oğir qoldiqdan böşatilgan.










