Boş prokuratura departamenti Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi «Özneftgazinspeksiya» viloyat bölimi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvlarda, «Hududgaz Qaşqadaryo» filiali mas’ul şaxslari ikkita «metan zapravka»ga gazdan noqonuniy foydalanişda yordam bergani aniqlangan.

Jumladan, «Hududgaz Qaşqadaryo» filiali mas’ul şaxslari va boşqalar «T.» MÇJga qaraşli «metan zapravka» gaz hisoblaş uskunasiga taşqi ta’sir ötkaziş orqali 3,5 mlrd sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.

Şuningdek, «G.T.» xususiy korxonasi va «Hududgaz Qaşqadaryo» filiali mas’ul şaxslari korxonaga qaraşli «metan zapravka»da ölçov tarmoğining muhriga özboşimçalik bilan şikast yetkazib, gaz qurilmasini boşqa qurilmaga almaştiriş orqali 2,9 mlrd sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.