Suyultirilgan gaz ballonlariga ştrix-kodli stikerlar yopiştirilmoqda, albatta, ularning hisobini töğri yuritiş uçun. Iste'molçilar esa bugunga kelib gaz uçun tölovni naqd pullarsiz, ID-karta vositasida amalga oşirişmoqda.

Sohadagi bu yangilik bugun qanday işlayotgani bilan tanişib, ayrim savollarga javoblar olişga harakat qilişga qaror qildik.

Ma'lumki, tabiiy gaz uzatiş imkonsiz bölgan uzoq hududlarga suyultirilgan gaz ballonlari yetkaziladi. Tan oliş kerak, yaqin-yaqingaça gaz ballonlarini yetkazib beriş bilan boğliq e'tirozlar aholi tomonidan tez-tez bildirib turilar edi.

E'tirozlar asosan gaz uçun belgilangan tölovdan ortiqça haq olinayotgani, gaz ballonlariga belgilanganidan kamroq gaz quyib berilayotgani, gaz ta'minoti öz vaqtida amalga oşirilmayotgani, mahallada 4–5 talab gaz balloni bölgan oilalar ularni birvarakayiga almaştirib, boşqalarga gaz yetmay qolayotgani xususida bölar edi.

Endi sohani modernizatsiya qiliş natijasida gaz ballonlarini aholiga yetkazib beriş jarayonlari töliq raqamlaştirildi.

Biz Qöşrabot tumanida 2020 yilda yangidan barpo etilgan gaz töldiriş şoxobçasida bölib, işlar qanday taşkil qilingani bilan tanişdik. Bu yerdan Qöşrabot tumani xalqiga töliq, şuningdek Iştixon tumanining yaqin aholi punktlariga gaz taşilar ekan.

«Hududgaz Samarqand» gaz ta'minoti filiali suyultirilgan gaz sotişni muvofiqlaştiriş bölimi yetakçi muhandisi Akbar Javanov şunday dedi:

«Filialimiz tomonidan 498 ming 780 ta suyultirilgan gaz iste'molçilariga xizmat körsatib kelinmoqda. Ularning 498 ming 397 tasi aholi iste'molçilari, 397 tasi ijtimoiy soha obektlari hisoblanadi. Filialimiz tasarrufida 8 ta gaz töldiriş şoxobçasi bor. Ularning ikkitasi xususiy bölib, ulardan ijara şartnomasi asosida foydalanib kelmoqdamiz», – dedi A.Javanov.

Şoxobçada ballonlarga gaz töldiriş jarayonida har bir gaz ballonida belgilangan me'yorda, ölçangan holda 20 kilogramm gaz solinayotganini kördik.