Jabrlanganlar «Hududgaz Samarqand» MÇJ odamlar holidan xabar olmayotgani, uyni tiklaşda yordam bermayotganidan yozğirişdi. Lekin bu taşkilotning voqeaga aloqasi yöq. Çunki gaz quvurini kesib, hisoblagiç örnatişni ular bilan şartnoma tuzgan xususiy firma xodimlari amalga oşirgan. Xususiy firma esa xonadonlarga yetkazilgan zararni qoplab beriş imkoniyatiga ega emas. Çunki yetkazilgan zarar milliard söm atrofida.



Samarqanddagi «Kulollar» mahallasi, Ğayrat köçasi 3-uyda istiqomat qiluvçi 72 yoşli Saida Sattorovaning aytib berişiça, voqea şu yil 9 iyul kuni yuz bergan.

«Maroqandgazsçyotçikservis» MÇJ xodimlari xonadonga ASKUG aqlli gaz hisoblagiçi örnatiş asnosida içida gaz bölgan quvurni «bolgarka» yordamida kesişgan. Trubadan sizib çiqqan gaz çaqinga töqnaşib, öt çiqqan va olov tomga örlab, qisqa vaqt içida butun uyning katta qismi kulga aylangan.

Saida Sattorova marhum turmuş örtoği bilan 50 yildan buyon yiğib terib qurgan uyi vayronaga aylanganini aytib ötdi.

Uning hikoya qilişiça, bu uylarni rahmatli eri xom ğişt quyib, özi kötargan, köp yillardan beri bolalari va nabiralari bilan yaşab kelayotgan edi. Öt öçiruvçilar suv sepişganda uyning devorlari ham ivib, mustahkamligini yöqotgan.

Oila rözğor tebratadigan çoğroq dökondagi 150 million sömlik mahsulotlar, muzlatkiç, sovitgiç kabi turli jihozlar ham yaroqsiz holga kelgan.

















