Muxtoriyat tarixi

Ötgan asrda Toğli Badaxşon bir neça marta maqomini özgartirgan. Bundan deyarli 100 yil avval, 1923 yilning 15 avgustida Pomirda sovet ittifoqi hokimiyati rasman e’lon qilinganidan keyin uning aholi yaşaydigan barça hududi Buxoro sovet sotsialistik respublikasi tarkibiga kiritiladi. 1925 yilning 2 yanvardagi farmon bilan Toğli Badaxşon avtonom oblast şaklida Tojikiston tarkibiga ötkaziladi. 

Pomirliklar

Bu alohida va öziga xos mavzu. Toğli Badaxşon hududi 64 100 km kvadrat bölsa-da, asosiy maydonini baland toğlar egallagani uçun aholisi kam – 230 ming atrofida odam yaşaydi. Lekin Tojikiston aholisining 2-2,5 foizini taşkil qiluvçi hudud aholisi mutlaq öziga xos insonlar. Ularning aksariyati özlarini tojik deb hisoblaşmaydi. «Biz dunyo tomi hisoblangan Pomirda yaşaymiz va pomirliklarmiz» deya faxrlanişadi. E’tiqodlari ham mamlakatning asosiy aholisinikidan farqlanadi va köproq şia mazhabining ismoiliylar oqimini mahkam uşlaşadi. Aholi orasida ismoiliy yetakçilari bölgan Oğa-xonlar ta’siri katta va ularning jamğarmalari yordamiga köp suyaniladi.

Tillarida ham keskin tafovut bor va şu kiçik aholi içida ham bir-birini tuşunmaydigan darajada farqli gaplaşadiganlar talaygina. Hudud ahli mehmondöst, hanuz murakkab şaroitlarda yaşasa-da şaharda muqim qolişni qabul qila olmaydi va boşqalarga aralaşib ketişni istaşmaydi.

Eng muhimi – azaldan toğ farzandi bölib kelgan pomirliklar kimgadir böysunişni istaşmaydi, juda ğururli va jangari, şuningdek – öz urf-odatlarini qattiq saqlaydigan hamda boşqalarning turmuş tarzi kirib kelişini tasavvur qilmaydigan xalqdir. Şu bilan birga pomirliklar sobiq ittifoqda aholi soniga oliy ma’lumotlilar körsatkiçi böyiça ham yetakçi örinlarda turişgan.

Qizil rangda Toğli Badaxşon hududi

Tojikistondagi örni va ziddiyat sabablari

Toğli Badaxşon aholisi juda oz bölgani holda mamlakat hududining deyarli yarmini egallagan. Hatto boş şahri Horuğda ham köpi bilan 30 ming kişi yaşaydi. Ammo aynan mana şu hudud çegaralari, tabiiy boyliklari, strategik ahamiyati Tojikistonning doimiy diqqat markazida va mamlakat rahbariyatini Toğli Badaxşon muammosi öylantirib keladi.

Har qanday ziddiyatlar bostirilib, tahlil qilinganida bir neça taxminlar ilgari suriladi va hududga qöşni davlatlar faktori ham örganiladi. Ammo yaqin ön yildagi bir neça mojaro şuni körsatadiki, asosiy masala deyarli özgarmagan – hudud aholisi muxtoriyat kengaytirilişi, markazdan köproq e’tibor va iqtisodiy yengilliklar, öz yetakçilarining ta’qib qilinmasligi va aholisiga erkinliklar berilişini talab qilişadi. Öz navbatida, markaz har qanday qon tökilişini qoralaydi, tartibsizliklarga murosasizligini körsatadi va namoyişçilarni hatto jangarilarga tenglaştirib, ayovsiz javobga tayyorligini bildiradi.

Tojikiston yaqin tarixda fuqarolik uruşini boşdan keçirgani, uning asoratlari hanuz oğriqli eslanişi, oqibatlari esa mamlakat taraqqiyotiga jiddiy tösiq bölganini hisobga olgan holda har qanday namoyişlarni xavfsizlikka bevosita tahdid deb qabul qiladi. Bunga yetarli asoslar bor – hududda Tojikiston muxolifatining sobiq dala qömondonlari hanuz yaşab kelişadi va ularni yetakçi deb biluvçilar, ularga ergaşuvçilar talaygina.

Iqtisodiy omillar

Ziddiyatlar sababini faqat ğoyaviy deb bölmaydi. Toğli Badaxşon aholisi orasida işsizlik körsatkiçlari juda yuqori. Logistika muammolari tufayli narxlar baland, daromadlar past. Unumdor yerlar kam, aholi ehtiyoji uçun yetmaydi. Bu omillar ommaviy migratsiyaga sabab bölgan. Hududning mehnatga layoqatli erkaklarining asosiy qismi Rossiyada tirikçilik qiladi. Kambağallik Tojikiston miqyosida qaralganda ham baland – 40 foiz atrofida, boşqa hududlarda 20-25 foiz. Mamlakat hududining yarmini egallagan muxtoriyatda rasmiy ma’lumotlarga köra sanoat korxonalarining 2,1 foizi joylaşgan va 0,7 foiz mahsulot işlab çiqariladi, xolos.

Davlat bu muammolar yeçimida qator çoralarni körsa-da, yagona talabni ham unutmaydi – tinçlik. Ammo muxtor hudud aholisida baribir norozilik saqlanib qolaveradi.

Yaqin ön yillikdagi yirik töqnaşuvlar

2012 yil. Horuğda Tojikiston Davlat milliy xavfsizlik qömitasi generali Abdullo Nazarov öldirildi. Generalning ölimida aniq bir şaxs ayblanmagan bölsa-da, gumon darhol norasmiy liderlarga tuşdi. Hukumat kuçlari mahalliy aholidan yetakçilarni topşirişni talab qilişadi, rad javobi berilgaç, öt oçiladi. Natijada, rasmiy ma’lumotlarga köra, 23 nafar harbiy, 21 nafar fuqaro halok böladi.

2014 yil. Horuğ markazida militsionerlar iştirokida otişma sodir böladi va natijada ikki kişi jon beradi. Holat tergov qilinişga ulgurmay şaharda tartibsizliklar boşlanib ketadi. Namoyişçilar içki işlar bölimi, prokuratura va sud binolariga öt qöyişadi.

2018 yilda hududga Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon taşrif buyuradi va muxtoriyat rahbarlarini keskin tanqid qiladi. U muammolar yeçimida qat’iy bölişni, jinoyatçilar bilan kuraşda murosasizlikni va vaziyat izdan çiqquday bölsa, öz javobgarligi ostida qurolli kuçlar ham jalb qilinişi mumkinligini bildiradi.

Şundan söng yeçim tariqasida qonun va tartibni saqlaş böyiça idoralararo ştab tuziladi. Norasmiy yetakçilar yozma ravişda qonunni buzmaslik, hududiy rahbarlar faoliyatiga aralaşmaslik majburiyatini oladilar. Muxtoriyat rahbari sifatida Oğa-xon jamğarmasining sobiq rahbari, hududda nufuzi baland bölgan Yodgor Fayzov tayinlanadi.

Horuğda nisbiy tinçlikka erişilgan bölsa-da, 2020 yilga kelib Röşan aholi punktida navbatdagi tartibsizliklar boşlanib ketadi va ularga içki işlar xodimlari va mahalliy fuqaro ziddiyati sabab böladi. Özining ayovsiz kaltaklanganini bildirgan fuqaro köpçilikning qözğalişiga sabab böladi va bu notinçlik ham bir neça kun davom etadi.

2021 yilda esa navbatdagi qon tökilişi kuzatildi. Mahalliy yoşlarning norasmiy yetakçisi bölgan 29 yoşli Gulbiddin Ziyobekov hukumat kuçlari tomonidan öldirildi. Rasmiy ma’lumotlarga köra hudud prokurorini garovga olgani uçun ta’qib qilingan Ziyobekov qölga oliş çoğida qurol bilan qarşilik körsatgani tufayli otib taşlangan. Ammo uning qarindoşlari Gulbiddinning qarşilik körsatmagani, tanasidan, xususan boşi va yurak sohasidan 7 ta öq topilganini bildirdilar. Ular Ziyobekov jasadini şahar markaziga kötarib borib, navbatdagi namoyişlarni boşlab yuborişdi.

Bu davr yana Yodgor Fayzovning işdan ketgani va muxtoriyatga Davlat milliy xavfsizlik qömitasi raisi örinbosari Alişer Mirzonabot tayinlangani bilan yodda qolgandi. 2021 yil 5 noyabrdagi bu tayinlovning ilk daqiqalaridan boşlab pomirliklar «Ist’yefo» deya qiçqira boşlaganlar va bu talab 2022 yilga kelib, haqiqiy namoyişlar hamda navbatdagi qon tökilişiga aylanib ketdi.

Joriy yil 14 mayda boşlangan va ayni damgaça davom etayotgan noroziliklar davomida 8 kişi öldirilgani, 11 kişi yaralangani va 70 nafardan ortiq odam qölga olingani xabar qilinmoqda. Ammo norasmiy manbalarda ölim topganlar soni ança köp va 20 nafardan ortiq kişining nomi keltirilgan. Hukumat namoyişlarni bostirişni «Aksilterror harakat» deb atagan va uning iştirokçilaridan taslim bölişni talab qilgan.

Abror Zohidov