2022 yilning mart oyida Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi özbek paxtasini global boykot qiliş çaqiriği tugatilganini e’lon qildi. The National Interst naşrining yozişiça, bu Özbekiston uçun bir qança imkoniyatlarni taqdim qiladi.

«Özbek paxtasiga nisbatan global boykotning bekor qilinişi mamlakatning jahon töqimaçilik bozoriga qaytişi uçun muhim ahamiyat kasb etadi. Rossiya hamon Özbekistonning asosiy savdo şerigi va özbek paxtasining eng yirik importçisi bölib, yiliga 158 million kub metrdan ortiq paxta tolasini sotib oladi. Ammo moliyaviy sanksiyalar, inflatsiyaning ösişi va iste’mol bozorining qisqarişi fonida Rossiyaning Özbekiston bilan savdosi ham özgaradi. Özbekistonning GSP+ tizimiga a’zo ekanligi esa paxtani Yevropa Ittifoqi va AQŞga eksport qiliş imkoniyatlarini taqdim qiladi», deyiladi maqolada.

Qayd etilişiça, özbek paxtasini sotib olmaslik böyiça boykotga qöşilgan 331ta xalqaro brend va çakana savdo korxonalari Özbekiston bozoriga qaytişi mumkin. Adidas, Tesco, IKEA, Marks & Spencer, H&M, Zara va Gap kabi yirik brendlar özbek paxtasini qaytadan sotib olişni boşlaşi kutilmoqda.

Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT) ma’lumotlariga köra, paxta işlab çiqarişda majburiy mehnatdan voz keçilişiga taşqi bosim asosiy sabab bölmagan. Bunda qöşimça iş örinlari yaratiş va paxta xomaşyosi eksportçisidan töqimaçilik va tikuvçilik mahsulotlari işlab çiqaruvçisiga aylanişga intiliş muhim ahamiyat kasb etgan. Şuningdek, paxta terimçilarining iş haqi sezilarli darajada oşganligi ham keltirib ötilgan.

«Muhim qadam taşlanib, klaster tizimiga ötilganiga qaramay, xalqaro mehnat taşkilotlari hukumatdan mustaqil kasaba uyuşmalari va kasb-hunar birlaşmalarini taşkil etişga ruxsat berişni talab qilmoqda», deya qöşimça qilinadi maqolada.

Ta’kidlanişiça, AQŞ Özbekistonni paxta yetkazib beruvçi sifatida qöllab-quvvatlaşi mumkin, çunki Şinjondagi majburiy mehnat bilan boğliq vaziyat sabab Xitoy mahsulotlaridan voz keçilib, Özbekiston paxtasiga e’tibor qaratiladi.