ChatGPT çatbotini taqdim etgan OpenAI kompaniyasi Twitterʼga öxşaş özining ijtimoiy tarmoğini yaratiş ustida iş olib bormoqda. Bu haqda öz manbalariga tayanib, The Verge xabar berdi.
Qayd etilişiça, loyiha hozirça dastlabki bosqiçda, ammo uning içki prototipi allaqaçon mavjud. OpenAI boş direktori Sem Altman kompaniyaga aloqador bölmagan şaxslardan loyiha böyiça öz fikr-mulohazalarini bildirişlarini söragan.
Ijtimoiy tarmoq alohida ilova sifatida çiqariladimi yoki ChatGPT bilan integratsiya qilinadimi — bu hozirça noma’lum.
Naşrning yozişiça, ijtimoiy tarmoqqa ega böliş OpenAI’ga real vaqtda ma’lumotlar töplaş imkonini beradi. Bu esa öz navbatida ChatGPT imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi — Meta Facebookʼdagi kontentlar yordamida LLaMA modelini, Ilon Mask esa Grok’ni X ijtimoiy tarmoği (sobiq Twitter) orqali şu usulda ma’lumotlar bilan boyitmoqda.
Ma’lumot uçun, OpenAI 2015 yilda taşkil etilgan. U vaqtda kompaniyaning ikki raisi bor edi — Ilon Mask va Sem Altman. Kompaniya «sun’iy intellekt sohasida notijoriy va insoniyatga foyda keltiradigan tadqiqotlar bilan şuğullanişi» belgilangan. Ammo 2018 yilda Mask kompaniya tijoriy faoliyatga ötganidan norozi bölib, kompaniyani tark etgan.












