Rossiyaliklar payşanba kuni özining buyuk jahongiri deb bilgan Pyotr I tavalludining 350 yilligini nişonladi.
«Bu endi bizning çekimizga tuşgan körinadi»
Putin 24 fevral kuni «maxsus harbiy operatsiya» (Rossiyada uruşni şunday ataşadi, uni uruş deyiş taqiqlangan) boşlanganini e’lon qilar ekan, Ukrainaga bosqinning asosiy maqsadi uşbu mamlakatni millatçilardan tozalaş (denatsifikatsiya) va Ğarb tomonidan berilgan qurollar yordamida kuçaytirilgan Ukraina armiyasi salohiyatini pasaytiriş (demilitarizatsiya) ekanini aytgandi. Ammo bugun bu maqsadlar haqida hatto Rossiya propagandaçilari ham gapirmay qöygan, ruslar birin-ketin bosib olgan hududlariga öz bayroğini ilişda davom etmoqda.
Butun dunyoda Rossiya uruşni Ukrainani bosib oliş uçun boşlagani haqida gapirişmoqda, ammo Rossiya köplab hududlarga öz odamlarini rahbar qilib qöyişga ulgurgan bölsa-da, buni tan olmaydi. Şu sabab Putinning hududlarni qaytib oliş haqida gaplari kutilmagan böldi. Axir bu Rossiyaning uç oydan buyon tinmayotgan uruş haqidagi rasmiy pozitsiyasining ham oyoğini osmondan qiladi.
Putin yana nimalar dedi?
«Biz özimizni himoya qilişga urinayotganimiz tabiiy hol. Mana, hozir Pyotr I tavalludining 350 yilligiga bağişlangan körgazmada böldik. Qiziği, heç narsa özgargani yöq. Pyotr I 21 yil davomida Şimoliy uruşda iştirok etgan. U Şvetsiya bilan urişib nimanidir tortib olgan deyişadi. Yöq, u heç nimani tortib olmagan, qaytarib olgan! Ha, aynan şunday bölgan!
U hozirgi Peterburg joylaşgan hududda yangi poytaxtga asos solganida heç bir Yevropa davlati uni Rossiya yerlari deb tan olmagan, Şvetsiyaniki deb tan olişgan. U yerlarda asrlar davomida finn-ugorlar bilan birgalikda slavyanlar ham yaşagan, hudud rus davlati nazoratida bölgan. Ğarbiy yönalişda ham şunday, xususan, Narva (Estoniyada joylaşgan şahar) haqida ham şunday deyiş mumkin, Pyotr I uni qaytargan, mustahkamlagan», dedi Putin.
Rossiya prezidentining aytişiça, öz vaqtida Pyotr I qilgan işlar hozirda uning çekiga tuşgan. «Aftidan, bizning çekimizga ham qaytariş va mustahkamlaş tuşgan körinadi», dedi Rossiya prezidenti yoş tadbirkorlar bilan uçraşuvda yoyilib kulib.
Putin hududlarni qaytarib oliş haqida gapirar ekan, 105 kundan buyon davom etayotgan va özi boşlagan uruş haqida lom-mim demadi. Putin 24 fevral kuni Ukraina hududida «maxsus harbiy amaliyot boşlangani», maqsadi Ukraina hududini bosib oliş emasligini aytgandi.

Ammo bugungi kunda Rossiya Donetsk va Luganskning katta qismini egallab olib, şahar va tumanlarga öz odamlarini rahbar qilib qöymoqda. Xerson, Zaporojye, Mariupol kabi yirik şaharlar ham Rossiya armiyasi nazoratida, u yerlarga Rossiya bayroği ilingan. Bosib olingan hududlarning Rossiyaga qöşilişi borasida şu yilning özida referendum ötkazilişi haqida gapirilmoqda. Rossiya hududlarning RF tarkibiga qöşilişi masalasini mahalliy aholi hal qilişi kerak deb iddao qilayotgan bölsa-da, Kreml administratsiyasi rahbarining birinçi örinbosari Sergey Kiriyenko bosib olingan hududlarga doimiy taşriflarni amalga oşirmoqda.
Bosqinning ilk kunlarida Rossiyaning maqsadi Ukraina hududini bosib oliş emasligini iddao qilgan Putinning rasmiy vakili Dmitriy Peskov Rossiya Zelenskiyni hamon Ukrainaning legitim prezidenti deb tan olişini aytgandi.
Avvalroq «RIA Novosti» çeçenistonlik deputat, çeçen harbiylarining Ukrainadagi harbiy harakatlarini boşqargan, Mariupol bosqinida iştirok etgan Adam Delimxanov bilan intervyuni e’lon qildi. Uning gaplaridan kelib çiqadiki, bosqin Zelenskiy hokimiyatdan ketmagunça davom etadi.
Delimxanov «maxsus harbiy amaliyot» qaçon tugaşi haqidagi savolga şunday javob berdi: «Qaçon tugaşi haqida gapirişga erta, u yerda hamon giyohvand Zelenskiy boşçiligidagi tuzum turibdi. Ammo işonçim komil, buning hammasi yakun topadi». Delimxanovning sözlari Kremlning nuqtayi nazarini anglatişi yoki yöqligi borasidagi savolga Peskov javob bermagan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat ğalabagaça kuraşişi, Putin bilan muzokaralar faqat Rossiya 24 fevraldan keyin bosib olgan hududlarini qaytarsagina amalga oşişi mumkinligini aytgan.
BBC muxbiri Andrey Zaxarov «ötmiş siyosati» haqida:
Putin «hududlarni qaytariş» haqida nutqini Ikkinçi jahon uruşigaça yaşagan Rossiyaning har qanday hukmdorining tuğilgan kuniga bağişlangan körgazmada aytib ketaveradi. Bu gal Pyotr I tavalludiga bağişlangan körgazmada gapirdi. Aytaylik, Aleksandr I tuğilgan kuni «dumaloq sana» bölmagani uçun bu yil nişonlanmayapti. Ammo Rossiya prezidenti Aleksandr I portreti oldida turib ham yuqoridagi nutqini gapiravergan bölardi.
Ikkinçi jahon uruşişaça, ayniqsa Pyotr I davrida qöşni mamlakatlar bilan mojaroni hududlarni tortib oliş orqali hal qiliş odatiy hol bölgan. E’tiroz – uruş – tinçlik va yangi yer yutganga ötib ketaveradi. Axir hammamiz maktab darsliklarida oxiri körinmagan rus-turk uruşi, uning natijalarini hududlarni bosib olişlar yodamida farq qilişini öqiganmiz.
Rossiya Şvetsiya bilan Şimoliy uruşda qölga kiritgan yerlar çindan qaçondir Buyuk Novgorod knyazligi tasarrufida bölgan. Lekin u yerlarda qadimdan finn-ugorlar yaşagan va buni Putin ham tan oladi. Demak, bu joylar Finlandiyaga ötişi kerakmi? Finlandiyaning özi-çi, axir uni Rossiya şvedlar bilan XIX asrdagi uruşda öşa Aleksandr I davrida qölga kiritgan-ku!?
Biror hudud kimga tegişli ekani haqidagi tortişuvlarni qörqinçli oqibatlarga olib kelgunga qadar davom ettiriş mumkin. Ammo insoniyat tarixidagi eng dahşatli uruş bölmiş Ikkinçi jahon uruşidan keyin dunyoda ortiq uruşib bölmasligi qabul qilingandi. Bu uruş ham aynan hududiy e’tirozlardan boşlangandi. Öşa uruşdan keyin davlatlarning hududi ular joylaşgan yer ekani qabul qilingan. Çegaralar umumiy konsensus asosidagina bölinişi mumkin. Masalan, SSSR tarqalişi 14 ta mustaqil davlatni hosil qildi.
Ğarbda Ukraina – Rossiya uruşi haqida Putin özini eski hukmdorlar kabi tutib, hududlarni kuç bilan tortib olişga urinayotgani haqida gapirişmoqda.
Putin va Pyotr
Pyotr I tavalludining 350 yilligiga bağişlangan bayram Putindan qömondon obrazi yasaş uçun foydalanilişi haqida «Agentlik. Yangiliklar» naşri yozgan edi. Putin «Pyotr I. Imperiyaning tuğilişi» deb nomlangan multimedia körgazmasida iştirok etdi. Naşr Putin uçun bu özgaça körgazma bölişi haqida bejiz yozgani yöq, rossiyalik yuqori martabali mulozimlar sönggi vaqtlarda tez-tez Putinni Pyotrga tenglaştirişmoqda.
Körgazmaga borişdan avval Putin Moskvadagi «Kelajak uçun tarix. Pyotr obrazi» forumi iştirokçilariga tabrik yölladi. Tabrikda Putin Pyotrni vatanparvar deb atab, imperator butun umri davomida vatanga xizmat qilganini yozgan. Tabrikda aytilişiça, Pyotr mamlakatning xalqaro obrösini mustahkamlab, Rossiyani qudratli derjava sifatida namoyon qilgan.
Pyotr I davri va Ukraina bilan uruşni aprel oyida Rossiya Taşqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narişkin ham özaro taqqoslagandi. «Pyotr I boşçiligida qölga kiritilgan eng ajoyib ğalabalardan biri Poltava (Ukrainadagi şahar) yaqinidagi jang bölgan. U kazaklar avlodlari şaharni oxirgi 30 yilda nimalar qilganini bilsa, görida tik turgan bölardi», degandi Narişkin.













