IIV JXD YHXX axborot xizmatining xabar berişiça, hududiy Yöl harakati xavfsizligi boşqarmalarining röyxatdan ötkaziş va imtihon oliş bölinmalari foydalanişida bölgan tizimlar joylaşgan server qurilmalarida kutilmagan texnik nosozliklar yuzaga kelgani sababli joriy yilning 5 iyul kuni soat 14:05 dan 6 iyul kuni soat 12:30 ga qadar vaqtinça tizimlar işlamagan.
“Hozirda nosozliklar töliq bartaraf etilganini va tizim uzluksiz işlab turganini ma’lum qilamiz. Yuzaga kelgan noqulayliklar uçun IIV JXD Yöl harakati xavfsizligi xizmati fuqarolardan uzr söraydi”, deyiladi xabarda.
Biroq na YHXX rasmiy saytida, na xizmatning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida serverda profilaktika işlari olib borilayotgani, şu bois fuqarolarga xizmat körsatuvçi elektron tizimlar noma’lum muddatgaça işlamasligidan ogohlantiriş e’lon qilinmagan.
Qolaversa, tizim faoliyati tiklangani haqida soat 12:30 da yoki 13:00 da emas, balki nima uçundir 19:02 da ma’lum qilingan.
Garçi serverdagi nosozlik soat 12:30 da bartaraf etilgani xabar berilgan esa-da, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining Telegram’dagi rasmiy kanalida soat 13:36 da e’lon qilingan xabarda YHXX serveri işlamayotgani uçun ayrim xizmatlardan foydalanişda uzilişlar bölişi haqida söz boradi. Bu esa tizim YHXX axborot xizmati xabar berayotganidek soat 12:30 da tiklanmaganini körsatmoqda.
“Içki işlar vazirligining Yöl harakati xavfsizligi xizmati server qurilmalarida texnik işlar olib borilayotgani sababli my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi “Avtotransport vositalari oynalarining tusini özgartirişga (qoraytiriş) ruxsatnoma oliş”, “Eski namunadagi milliy haydovçilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovçilik guvohnomalariga almaştiriş uçun ariza yuboriş” va boşqa xizmatlardan foydalanişda uzilişlar kuzatilişi mumkin. Keltirilgan noqulaylik uçun uzr söraymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, YHXX serveri işlamay qolişi keça yoki bugun kuzatilayotgani yöq. Bundan bir oy muqaddam – 6 iyun kuni YHXB röyxatdan ötkaziş va imtihon oliş bölinmalari foydalanişida bölgan tizimlar joylaşgan server qurilmalarida nosozliklar yuzaga kelgani sababli tizimlar vaqtinça işlamay qolgandi.
2021 yilning noyabrida esa IIV YHXBB ma’lumotlar bazasi kiberhujumga uçragani oqibatida respublika miqyosida yöl harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uçun belgilangan jarimalar haqidagi barça ma’lumotlar öçib ketgani töğrisida xabarlar tarqalgan, keyinçalik uşbu xabarlar haqiqatga töğri kelmasligi bildirilgandi.












