Şveytsariya jinoyat sudi FIFA sobiq prezidenti Zepp Blatter va UYeFA sobiq rahbari Mişel Platini işi böyiça oqlov hukmini çiqardi. Ular tovlamaçilik, kamomad va korrupsiyada ayblangandi. Biroq sud Blatter va Platinining barça işlari qonuniy bölgan deb e’tirof etdi.
Mazkur iş 2015 yilda boşlangandi. Öşanda AQŞ federal qidiruv byurosi Şveytsariya politsiyasi bilan operatsiya ötkazgan va FIFAning qator amaldorlarini korrupsion sxemalarda iştirok etişda ayblab qölga olgandi. Natijada Zepp Blatter va Mişel Platini iste’foga çiqişga majbur böldi. Keyinroq FIFA axloq qömitasi Blatter va Platinini diskvalifikatsiya qildi.
Barça apellyatsiyalardan söng Blatterga olti yil ön oylik, Platiniga tört yillik jazo muddati berildi. FIFA ötgan yili Blatterni yana olti yil sakkiz oyga diskvalifikatsiya qildi.
Zepp Blatter va Mişel Platiniga qarşi jinoyat işi oçilişiga Platini 2011 yilda 2 mln şveysar franki olganligi asos bölgandi. Öşanda Zepp Blatter uşbu mablağni FIFA hisobidan tölaşga buyruq bergan. Ular bu 1998 yildan 2002 yilgaça, Platini FIFA prezidenti maslahatçisi sifatida faoliyat yuritgan davrda körsatilgan konsultatsiya xizmatlari uçun qöşimça tölov bölganini bildirgandi.
Tergov tölov borasida heç qanday şartnoma yöqligiga e’tiroz bildirdi. Platini FIFA prezidenti maslahatçisi bölgan vaqtda yiliga 300 ming şveysar franki miqdorida maoş olgan. Bundan 2 mln frank Mişel Platiniga 2011 yilda FIFA prezidentligiga saylovda qatnaşmasligi uçun berilgan degan xulosaga kelindi. U öşanda öz nomzodini qaytarib olgandi.
Ammo tergov davomida ayblanuvçilarning jinoiy harakatlarini isbotlaydigan dalil topilmadi.
Zepp Blatter va Mişel Platini e’lon qilingan ayblovlar böyiça beş yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin edi, biroq ayblov tomoni öz pozitsiyasi zaifligini tuşungan holda ularga şartli ravişda 20 oyga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini söragan.
Sud qarorida aytilişiça, 1998 yilda Platiniga 2 mln şveysar franki tölaş borasida oğzaki kelişuv bölgan. Platini tarixdagi eng yaxşi futbolçilardan biri bölgani hisobga olinib, uning maoşi yiliga 1 mln frankdan kam bölmasligi ta’kidlangan.
«Men birinçi raundni yutdim. Ammo bu jarayonda qatnaşmagan ğarazgöy insonlar bor. Ularga yana uçraşişimizga va’da beraman. Men taslim bölmayman va oxirigaça boraman»,— dedi Mişel Platini.
FIFA bu borada hozirça izoh bermasligini, sud qarori bilan tanişib çiqişini bildirdi.












