AQŞning Isroilni qöllab-quvvatlaşi «qat’iy» bölib qoladi. Bu haqda AQŞ prezidenti Jo Bayden 13 iyul, çorşanba kuni Amerika davlati rahbari sifatida Yaqin Şarqqa ilk safari çoğida aytib ötdi.
Bugun AQŞ va Isroil örtasidagi aloqalar har qaçongidan ham «çuqurroq va kuçliroq», dedi Bayden. Ben Gurion aeroportida Amerika rahbarini Isroil prezidenti Itsxak Gersog, mamlakatning yangi boş vaziri Yair Lapid va undan oldingi boş vazir Naftali Bennet kutib oldi.
Kutib oliş marosimida Lapid Bayden «Isroilning eng yaxşi döstlaridan biri» ekanligini aytdi.
Baydenning Isroilga taşrifi davomida tomonlar muhokama qilişni rejalaştirgan mavzulardan biri milliy xavfsizlik masalasidir. Bundan taşqari, Yaqin Şarqdagi «xavfsizlik arxitekturasi» va «iqtisodiy arxitektura» masalalari kun tartibida, deya ta’kidladi Isroil hukumati rahbari. Bu yerda Ibrohim şartnomasi (AQŞning 45-prezidenti Donald Tramp taşabbusi bilan tuzilgan va 2020 yil 15 sentabrda imzolangan Isroil va BAA örtasidagi munosabatlarni normallaştiriş töğrisidagi kelişuv – tahr.) asosiy rol öynaşi kerak. Aynan u tufayli bir qator arab davlatlari Isroil bilan aloqalarini tikladi.
AQŞdan Isroilga uçayotganda Baydenning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan jurnalistlarga AQŞ prezidenti «ikki xalq uçun ikki davlat» ğoyasiga sodiqligini yana bir bor ta’kidlaşni rejalaştirayotganini, ammo Isroil va Falastin muxtoriyati örtasidagi mojaroni tinç yöl bilan hal qiliş konsepsiyasi borasida heç qanday yangi ğoyani taklif qilmoqçi emasligini aytdi.
Baydenning Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan uçraşuvi 15 iyulga belgilangan.
Aeroportda Baydenga «Temir gumbaz» raketaga qarşi mudofaa tizimi haqida gapirib berişdi va dronlardan himoyalaniş uçun lazerni namoyiş qilişdi. OAV ma’lumotlariga köra, Isroil 2023 yilda işga tuşişi rejalaştirilgan «Temir nur» taktik raketalarga qarşi mudofaa tizimini moliyalaştirişda AQŞdan yordam olişga umid qilmoqda. Ayrim ekspertlarning fikriça, Isroil Baydendan Saudiya Arabistoni kabi arab davlatlariga kuçli lazer tizimini yetkazib berişni ma’qullaşni söraydi.
15 iyul kuni Bayden podşohlik rahbariyati bilan uçraşiş uçun Saudiya Arabistoniga boradi. Taxminlarga köra, u resurs narxining oşişini uşlab turiş va AQŞdagi inflatsiyani qoplaş uçun uşbu mamlakat rasmiylarini neft eksportini oşirişga işontirişga harakat qiladi.
Yaqin Şarqqa safari oldidan AQŞ prezidenti Saudiya Arabistoniga rejalaştirilgan taşrifi uçun bir neça bor tanqid qilingan edi. 2019 yilgi saylov kampaniyasi davomida Bayden Ar-Riyod rahbariyatini hukumatni tanqid qilgan saudiyalik jurnalist Jamol Qoşiqçining öldirilişi uçun javobgarlikka tortişga va’da berdi. Qoşiqçi 2018 yilning kuzida Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida qotillar qölidan halok bölgan edi. AQŞ razvedkasi ma’lumotlariga köra, qotillik buyurtmaçisi Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmondir.












