Vladimir Putin tomonidan imzolangan hujjat matniga köra, Şavkat Mirziyoyev Özbekiston va Rossiya örtasidagi döstlik va hamkorlikni mustahkamlaşga qöşgan katta hissasi uçun orden bilan taqdirlandi.
Aleksandr Nevskiy ordeni Rossiya Federatsiyasining davlat mukofoti hisoblanadi.
Aleksandr Nevskiy ordeni — bu Rossiya imperiyasi, Sovet Ittifoqi va Rossiya Federatsiyasining mukofot tizimlarida (ma’lum özgarişlar bilan) mavjud bölgan yagona mukofotdir.
Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedevning 2010 yildagi “Rossiya Federatsiyasining davlat mukofotlari tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bilan Aleksandr Nevskiy ordeni Rossiya davlat mukofotlari tizimiga kiritilgani belgilandi.
Ma’lumot uçun, 2021 yil yanvar oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin sobiq ittifoq va özbek diplomati Rafiq Nişonovni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlaş haqidagi farmonni imzolagandi.












