Qayd etilişiça, qonun loyihasida foydali qazilma turlari aniq belgilanyapti. Asosiy foydali qazilmalar (barça metallar va uglevodorodlar) hamda noruda foydali qazilmalar (sement, oyna, kimyo xomaşyolari, marmar, granit, bazalt, qum-şağal, ohaktoş va boşqalar)ga ajratilmoqda.
Belgilanayotgan normalar bilan geologik jihatdan kam örganilgan hududlarni xalqaro standart asosida bloklarga böliş tizimi joriy etiladi. Tegişli litsenziyalar talabgor murojaatiga köra “birinçi kelgan - birinçi oladi” prinsipi asosida şaffof mexanizmlar orqali beriladi. Örganilganlik darajasi va kon oçiş salohiyati yuqori bölgan maydonlarni E-auksion platformasida onlayn-auksion natijalariga köra berilişi belgilanmoqda. Kam örganilgan, olis joylardagi uçastkalar “birinçi kelgan - birinçi oladi” tamoyili asosida beriladi, örganiş darajasi yuqori istiqbolli maydon va konlar auksion va tanlovlarga çiqariladi.
Yer qa’ri uçastkalaridan foydalanişda bir martalik bonuslar örniga har yilgi tölovlar hamda yillik minimal xarajatlar joriy qilinadi. Bu lisenziarni öz uçastkasida tezroq geologiya-qidiruv va qaziş işlarini ötkazişga undaydi, obektlar samarasiz turib qolmaydi. Yer qa’ri uçastkalarini sotiş, hadya qiliş, meros qilib qoldiriş, omonatga yoki garovga qöyiş taqiqlanmoqda.
Ortiqça yukni qisqartiriş maqsadida litsenziya olişda talab etiladigan muayyan hujjatlar, yiriklaştirilgan texnik-iqtisodiy hisoblar, talabgor moliyaviy mablağlari, mavjud texnika va boşqa imkoniyatlari kabi ma’lumotlar röyxati bekor qilinmoqda.
Yerosti boyliklaridan foydalanişdagi maxsus vakolatli davlat organlari vakolat doiralari aniq belgilab qöyilmoqda. Maydon yoki kondan foydalaniş tugaganidan söng, atrof-muhitni qayta tiklaş, rekultivatsiya qiliş tadbirlari moliyaviy manbalari tizimli şakllantirilib, kafolatli bajarilişi ta’minlanadi.













