Markaziy saylov komissiyasi 12 oktyabr kuni Toşkent şahrida joylaşgan ayrim saylov uçastkalarida saylov kuni elektron ovoz beriş jarayonini sinovdan ötkaziş töğrisida qaror qabul qildi.

MSK xabariga köra, saylovçilarga qulaylik yaratiş maqsadida mamlakat tarixida ilk marotaba elektron ovoz beriş jarayonini sinovdan ötkaziş reja qilinmoqda.

Elektron ovoz beriş tartibi ovoz beriş va saylov natijalarini tezkor aniqlaş, ovoz beriş jarayonlarining qonuniyligini ta’minlaş, saylov komissiyalarining iş hajmini maqbullaştirişga xizmat qiladi.

Qurilma saylov byulletenlarining elektron körinişlari bilan maxsus dasturlangan, monitor, qoğozni çop etuvçi va avtomatik tarzda kesuvçi printer, saylov qutisi va uni masofadan faollaştiriş tugmasidan iborat böladi. Undan foydalaniş tartibi uçastka saylov komissiyasining tegişli mas’ul a’zosi tomonidan tuşuntiriladi.

Tizim Toşkent şahar hududiy saylov komissiyasining tavsiyasiga asosan poytaxtdagi 16-, 17-, 18-, 19-, 20-, 21-, 22-, 23-, 24- va 25-saylov uçastkalarida joriy etiladi.