Markaziy saylov komissiyasining (MSK) bugun bölib ötgan majlisida Özbekistonning çet davlatlardagi diplomatik va boşqa vakolatxonalari huzurida saylov uçastkalarini tuzişga oid masala körib çiqildi.
Majlisda Taşqi işlar vazirligi tomonidan E-saylov axborot tizimi orqali yuborilgan taqdimnomaga asosan MSKning xorijiy davlatlardagi diplomatik va boşqa vakolatxonalar huzurida saylov uçastkalarini tuziş böyiça qarori qabul qilindi.
Jumladan, Özbekistonning 39 ta çet davlatlardagi diplomatik va boşqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uçastkalari tuzilişi belgilandi.
Xususan, 29 davlatda (Avstriya, Ozarboyjon, Afğoniston, Belarus, Belgiya, Britaniya, Vengriya, Misr, Isroil, Hindiston, Indoneziya, Eron, Ispaniya, Italiya, Kuvayt, Latviya, Malayziya, Ummon, Pokiston, Polşa, Singapur, Tojikiston, Tailand, Turkmaniston, Ukraina, Fransiya, Şveytsariya, Şvetsiya va Yaponiya) bittadan, yettita davlatda (Germaniya, Qirğiziston, BAA, Saudiya Arabistoni, AQŞ, Turkiya, Janubiy Koreya) – ikkitadan, Qozoğiston va Xitoyda - uçta va Rossiyada - yettita uçastka iş boşlaydi.
Şuningdek, mamlakatning çet davlatlardagi diplomatik va boşqa vakolatxonalari huzuridagi saylov uçastkalari Toşkent şahri hududiga biriktirildi.













