Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, hamkorlikning qator dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Prezidentlar Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi döstlik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari jadal rivojlanib, izçil mustahkamlanayotganini çuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining joriy yil oktabr oyida mamlakatimizga davlat taşrifi ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqib, uni aniq amaliy mazmun bilan boyitgani alohida ta'kidlandi.

Barça darajada jadal va unumli aloqalar yölga qöyilgani, Iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiya samarali faoliyat yuritayotgani qayd etildi.

Hududlar va biznes tuzilmalari örtasidagi muloqot faollaşdi, madaniy-gumanitar aloqalar kengaydi. Joriy yil kuzda Toşkent şahrida özaro munosabatlar tarixida birinçi marta hududlararo hamkorlik va ta'lim forumlari ötkazildi.

Özaro savdo hajmi ortmoqda, qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetkazib berişda “yaşil yölak” joriy etilgan. Mamlakatimizda Rossiyaning yetakçi kompaniya va banklari iştirokida energetika, neft-gaz, kimyo, maşinasozlik, elektrotexnika, töqimaçilik, oziq-ovqat va boşqa köplab tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda.

Aprel oyida Qandim gazni qayta işlaş majmuasi işga tuşirildi, oktabr oyida yana bir muhim loyiha – Özbekistondagi birinçi atom elektr stansiyasi qurilişi loyihasiga start berildi.

Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş sohalarida, jumladan, mamlakatimizda Rossiyaning yetakçi oliy ta'lim muassasalari filiallarini oçiş böyiça qöşma dasturlar amalga oşirilmoqda.

Muloqot söngida davlat rahbarlari mamlakatlarimiz örtasida strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaş borasida intilişlari qat'iy ekanini ta'kidlab, yangi yilda Özbekiston va Rossiya xalqlariga tinçlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.