“Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Uruş va mehnat faxriylari uçun respublika pansionati (tibbiy-ijtimoiy muassasalar) Bojxona qömitasiga biriktirildi. Bojxona qömitasi keksalar va nogironlarni protez-ortopediya moslamalari hamda reabilitatsiya qiliş texnik va gigiyenik vositalari bilan ta’minlaşga kömaklaşadi.

2023–2024 yillarda “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida videokuzatuv moslamalari örnatiladi. 2022 yil 1 oktyabrdan “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylaridagi tarbiyaçilar har yili kamida bir marotaba malaka oşiriş kurslarida öqitiladi.

2023 yil 1 iyungaça ruhiy va jismoniy rivojlanişida kamçiligi bölgan şaxslar zamonaviy abilitatsiya va reabilitatsiya muolajalaridan ötişi uçun “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari negizida zarur texnologik şaroitlar yaratiladi. Har yili 1 iyun “Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni”ga bağişlab “Muruvvat” bolalar uylari tarbiyalanuvçilari örtasida respublika miqyosida sport musobaqalari uyuştiriladi.

2022 yilda Namangan viloyati “Saxovat” internat uyi hududida nuroniylar böş vaqtini samarali taşkil qiliş maqsadida kunduzi pulli xizmat körsatuvçi “Keksalar boği” taşkil qilinadi.