Qayd etilişiça, hozirga kunda Isroilda 9 mingdan ortiq Özbekiston fuqarolari vaqtinça işlamoqda. Ularning aksariyati nogironlar va keksalar parvarişi bilan band.
Bildirilişiça, diplomatiya missiyasi har oyda yurtdoşlarimiz yaşaydigan şahar va tumanlarda sayyor uçraşuvlar ötkazmoqda. Muloqotlar çoğida Özbekiston rahbariyati tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun şaroit yaratiş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar dasturi haqida sözlab berilmoqda.
Joriy yil iyul oyida ikki davlat hukumatlari örtasida Isroil mehnat bozori maxsus sektorlarida Özbekistondan işçilarni vaqtinça işga joylaştiriş böyiça bitim imzolangandi. Bu hujjat özbekistonliklarni uyuşgan holda işga jalb qiliş tizimiga asos soldi.
Fuqarolar bilan muntazam muloqot olib boriş va ularga konsullik-huquqiy yordam körsatiş, çet ellik işçilar masalasi böyiça Isroil davlat va nodavlat taşkilotlari vakillarini jalb qilgan holda diplomatik vakolatxona tomonidan ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda ham zarur platformalar yaratilgan, deyiladi xabarda.











