Jahon | 14:49 / 18.10.2022
20129
5 daqiqa o‘qiladi

Kiyevga dronlar hujumi, Krasnodarda samolyot qulashi oqibatlari. Urush suratlari

17 oktyabr tongida Rossiya qo‘shinlari kamikadze dronlar orqali Kiyevga hujum uyushtirdi. Ukraina hukumati bu hujumlar RF mudofaa vazirligi Erondan sotib olayotgan uchuvchisiz uchish apparatlari orqali amalga oshirilganini aytmoqda. Hujum oqibatida besh kishi halok bo‘lgan, yana 19 kishi xarobalar ostidan chiqarib olingan. Rossiya Vinnitskaya, Sumi, Dnepropetrovsk va Odessa oblastlariga ham zarbalar yo‘lladi. Shu kuni kechqurun Krasnodar o‘lkasining Yeysk shahrida rossiyaliklarning Su-34 rusumli bombardimonchisi quladi. Samolyot turar joy binosiga urilgan va portlab ketgan; 13 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi jabrlandi. Moskva meri va Moskva oblasti gubernatori hududlarda «qisman safarbarlik» yakunlangani haqida e’lon qildi, ammo «Agora» huquq tashkiloti ularning so‘zlariga ishonmaslikka chaqirgan.

Quyida 17 oktyabr, urushning 236-kunida Ukraina va Rossiya hududida olingan asosiy suratlar.

Kiyev bo‘ylab dronlar zarbasi

17 oktyabr tongida Kiyev kamikadze dronlar hujumiga uchradi. Shevchenkovo rayonida besh bor portlash kuzatildi. Shaharga jami 28 dron hujum uyushtirgan, ularning aksarini ukrain harbiylari avtomat qurollar va havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali urib tushirgan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Kiyev politsiyasi ofitser uchib o‘tayotgan dronni nishonga olmoqda. Dronlar hujumi vaqtida turar joy binosi vayron bo‘ldi va energetika obektlari, jumladan «Ukrenergo» elektr energiyasi uzatish operatori binosi va IES shikastlandi.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Kiyevda dronlar hujumi vaqtida ro‘y bergan portlash.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Yaralangan kiyevlik ayolga yordam ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlari. Dronlar hujumi oqibatida jami 5 kishi, jumladan homilador ayol halok bo‘ldi
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiysi va kiyevlik ayol yer osti avtoturargohida
Paula Bronstein / Getty Images
Kiyevda yashovchi kishi portlashdan omon qolgach, yo‘l bo‘yida yig‘lamoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Dronlar hujumidan keyin Kiyev markazidagi ahol​​​​​i va politsiyachilar
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy havo trevogasi ovozini tinglamoqda
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Hujum vaqtida vayron bo‘lgan  turar joylardan birida ishlayotgan o‘t o‘chiruvchilar
Roman Hrytsyna / AP / Scanpix / LETA
Kiyev markazida dronlar hujumi oqibatida halok bo‘lganlardan birining tepasida turgan politsiyachi. Kiyev meri Vitaliy Klichko urib tushirilgan dronlardan birining qoldiqlari suratini namoyish etdi — unda «Geran-2» yozuvini ko‘rish mumkin. RF mudofaa vazirligi Erondan sotib olingan Shahed-136 kamikadze dronlariga shunday nom bergan.
Roman Hrytsyna / AP / Scanpix / LETA

RF qurolli kuchlari samolyoti Yeyskka quladi 

Krasnodar o‘lkasining Yeysk shahrida Su-34 qulashi. Fotoda portlashga qadar samolyotni tark etishga ulgurib, parashyutda qo‘nayotgan uchuvchi ham aks etgan. Foto: «Kooperativ» telegram-kanali / AP / Scanpix / LETA
Harbiy samolyot to‘qqiz qavatli uy yaqiniga qulagan va uning aviayonilg‘isi yirik yong‘in keltirib chiqargan. Olov 556 kishi yashab kelgan ko‘p qavatli uyga o‘tgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 13 kishi halok bo‘lib, 20 kishi jabrlangan. RF FVVga ko‘ra, yaralanganlarning ikki nafari homilador ayollar. Qutqaruvchilar 68 kishini halokat hududidan olib chiqishgan, 360 kishi evakuatsiya qilingan.
Erik Romanenko / TASS
Yeyskda turar joylar yoniga tushgan harbiy samolyot qoldiqlari 
AP / Scanpix / LETA
Yeyskda bombardimonchi samolyot qulagan joyda ishlayotgan qutqaruvchilar
AP / Scanpix / LETA

Zarbalarning Ukraina shaharlaridagi hayotga ta’siri 

Xarkivliklar qorong‘i supermarketda. 10 oktyabr kungi yoppasiga o‘qqa tutishdan keyin shaharda elektr uzatishda muammolar saqlanib qolmoqda. So‘nggi bor shahar 18 oktyabr tongida o‘qqa tutildi, qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Supermarketdagi xarkivlik qutidagi yozuvni o‘qish uchun chiroq tutmoqda. 
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkiv oblastidagi Korobochkino qishlog‘ida yashovchi ayol o‘tin maydalamoqda, rossiyaliklarning so‘nggi zarbalaridan keyin ushbu aholi yashash manzili elektr va gazdan uzilgan. Korobochkino Xarkiv shahridan 50 kilometr janubi-sharqda joylashgan.
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Korobochkino qishlog‘ida yashovchi keksa yoshli ayol o‘z uyi atrofida
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid