«FVV ma’lumotiga köra, Yeyskda samolyot qulagan joy xarobalarida olib borilgan işlar davomida qurbonlar jasadlari aniqlangan. 18 oktyabr kuni soat 6:00 holatiga köra halokat qurbonlari soni 13 nafarni taşkil etmoqda, şundan uç nafari bolalar. 19 kişi yaralangan, ularning tört nafari Krasnodar ölkasi şifoxonasiga olib ketilgan, qolganlar Yeyskdagi şifoxonada davolanişda davom etmoqda», - deya xabar bergan RF soğliqni saqlaş vaziri yordamçisi Aleksey Kuznetsov.
Dastlabki xabarlarda qurbonlar soni uç nafar ekani aytilayotgandi. Rossiya FVV matbuot xizmati qidiruv işlari vaqtida yana 10 kişining jasadi topilganini ma’lum qilgan.
Qidiruv işlari davomida 68 kişi qutqarilgani, 360 dan ortiq kişi evakuatsiya qilingani aytilgan.
Seşanba kuni Rossiya Tergov qömitasi Su-34 samolyotining qulaşi asosiy sababi sifatida samolyot texnik nosozligi variantini körib çiqayotganini ma’lum qilgan.

«Kuçli portlaş bölmagan»
17 oktyabr kuni keçqurun Krasnodar ölkasi Yeysk şahrida Su-34 qiruvçi-bombardimonçi samolyoti turar joy massivida köp qavatli uylar hovlisiga qulab tuşdi. Samolyot qulaş çoğida töqqiz qavatli uyga tegib ketgan. Mudofaa vazirligi halokatga samolyot dvigatellaridan biri yonib ketgani sabab bölganini ma’lum qilgan.
«Samolyot qulaş davomida uyga urilgan, qulagan va atrofga yonilği tökilgan. Kuçli portlaş kuzatilmagan, çunki atrofdagi qurilişlarning oynalari butun. Heç qanday portlaş bölmagan, faqat uy şikastlangan - buning sababi tuşunarli», degan jurnalistlarga Yeyskka yetib kelgan Rossiya FVV rahbari Aleksandr Kurenkov.
«Yonğin yonilği tökilişi oqibatida kelib çiqqan», deya tasdiqlaydi vazir.

Krasnodar ölkasi gubernatori Veniamin Kondratev ham samolyot bortida öq-dorilar bölmaganini aytadi.
«Öq-dorilar portlagani haqida töxtaladigan bölsak - internetda nimalarni yozişmaydi! Agar şunga öxşaş nimadir bölganida uyning yarmi yöq bölib ketgan bölardi», degan Kondratev uşbu uyda yaşovçilarga.




















