AOKAda ötkazilgan brifingda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi departament boşliği Sanjar Qurbonaliyev «2021-2025 yillarda davlat iştirokidagi korxonalarni boşqariş va isloh qiliş strategiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi Vazirlar Mahkamasi qarorining ijrosi böyiça ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, 2021 yilda davlat iştirokidagi korxonalar sonini 30 foizga qisqartirişga erişilgan.
2025 yilgaça esa bu körsatkiçni 75 foizga yetkaziş közda tutilmoqda.
Şu jihatdan, tegişli asoslarsiz davlat iştirokida yangi korxonalarni taşkil etişga yöl qöyilmaydi, faoliyat yuritayotgan davlat unitar korxonalari esa bosqiçma-bosqiç xususiylaştiriladi yoki tugatiladi.
Davlat iştirokidagi korxonalor va xususiy sektorga teng şaroitlar yaratiş maqsadida davlat korxonalariga eksklyuziv imtiyozlar va davlat kafolatlarini taqdim etiş amaliyoti bekor qilinadi.
Şu bilan birga, korxonalar tomonidan majburiy oşkor etilişi lozim bölgan ma’lumotlar röyxati kengaytirilgan, davlatning maxsus huquqi “oltin aksiya” bekor qilingan.











