Özbekiston prezidenti 13-oktabr kuni issiqxona xöjaliklarini rivojlantirişga oid qaror imzoladi.
Qarorga köra, issiqxona xöjaliklariga quyidagi imtiyozlar va subsidiyalar nazarda tutildi:
qişloq xöjaligi tovar işlab çiqaruvçilariga qöşilgan qiymat soliği stavkasi nol foiz etib belgilandi;
qişloq xöjaligi tovar işlab çiqaruvçilari va baliq xöjaligi korxonalari uçun özi işlab çiqargan mahsulotni realizatsiya qilişdan olingan foyda böyiça foyda soliği stavkasi nol foiz etib belgilandi;
issiqxona faoliyatidan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari böyiça jami daromadining kamida 60 foizini taşkil etgan issiqxona xöjaliklari uçun ijtimoiy soliq stavkasi 2026-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvargaça 1 foiz etib belgilandi.
2027-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargaça issiqxona faoliyatidan daromadining kamida 60 foizini taşkil etgan tadbirkorlik subyektlariga yuridik şaxslardan olinadigan yer soliği va mol-mulkka solinadigan soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
2026-yil 1-noyabrdan 2030-yil 1-aprelgaça issiqlik energiyasini tejovçi maxsus qoplanma “körpa” bilan qoplangan va (yoki) energiya samarador “yaşil” isitiş vositalaridan (issiqlik nasoslari, geotermal isitiş tizimlari, quyoş issiqlik tizimlari, elektr energiyasi asosidagi yuqori samarali isitiş tizimlari) foydalanayotgan issiqxona xöjaliklariga oktabr–mart oylarida isteʼmol qilingan elektr energiyasi qiymatining 50 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.
Energiya samaradorligi milliy agentligi 2030-yil 1-yanvarga qadar Toşkent viloyatining Toşkent, Zangiota, Qibray, Yangiyöl va Yuqori Çirçiq tumanlarida aholi tomorqalaridagi issiqxonalarni isitiş uçun quyoş panellari, issiqlik nasoslari, infraqizil isitiş moslamalari va boşqa energiya tejamkor uskunalarni xarid qiliş hamda örnatiş xarajatlarining











