AOKAda Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mömin Ibodov iştirokida ötkazilgan brifingda “Inson qadrini uluğlaş va faol mahalla yili”davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ma’lumot berildi.
Davlat dasturiga asosan, Namangan muhandislik-texnologiya instituti negizida Namangan töqimaçilik sanoati institutini taşkil etiş böyiça prezident qarori loyihasi işlab çiqildi va Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Şuningdek, işlab çiqarişdan ajralmagan holda oliy ma’lumot oliş imkoniyatini yanada kengaytiriş, bunda bosqiçma-bosqiç masofaviy ta’lim şaklida kadrlar tayyorlaşni yölga qöyiş böyiça Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi işlab çiqildi.
Bundan taşqari, prezidentning tegişli qarori bilan Işoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat çet tillar instituti faoliyati taşkil etildi.
Avvalroq, xorijiy davlatlardan öqişni köçiriş böyiça arizalarni qabul qiliş boşlangani xabar qilingandi.
Talabalar öqişini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim taşkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdoş bölmagan ta’lim yönalişlariga köçirişga ruxsat etilmaydi.

















