Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi Respublika maxsus komissiyasining 7 fevraldan an’anaviy ta’lim şakliga ötilişiga oid qaroriga izoh berdi.

“Talabalarga qulaylik yaratiş, doimiy turar joylaridan ta’lim muassasalariga xavfsiz, tirbandliklarsiz yetib kelişlari, joylarda avia va temir yöl çiptalarini almaştiriş, talabalar-turar joylari, ijara asosida yaşaydigan talabalarning ortiqça qiyinçiliklarsiz joylaşişlarini ta’minlaş maqsadida OTMlarda öquv jarayonlari 7 fevraldan 24 fevralga qadar bosqiçma-bosqiç ana’naviy şaklga ötkaziladi. Şu davrda dars maşğulotlari bir vaqtning özida ham masofaviy, ham an’anaviy şaklda olib boriladi.

Bu jarayon har bir oliy ta’lim muassasasining içki imkoniyatlari, öquv jarayonining hozirgi holati, mavjud şart-şaroitlarini inobatga olgan holda alohida reja-grafik asosida amalga oşiriladi.

Bu haqdagi ma’lumotlar har bir ta’lim maskanining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali berib boriladi.

Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi 24 fevraldan boşlab öquv yurtlarida ta’lim jarayonlari töliq an’anaviy şaklda olib borilişini ma’lum qiladi”, – deyiladi rasmiy e’londa.

Ta’kidlaş kerak, bundan birozgina oldin Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi boşqarma boşliği Abduvali Xoliqov bundan boşqaçaroq ma’lumot bergan edi. U neçançi kursda öqiyotganidan qat’i nazar, barça talabalar 7 fevraldan OTMlarda boşlanadigan an’anaviy darslarga kelişi kerakligi, faqatgina 2-semestrni 14 yo 21 fevraldan boşlaşi avvaldan belgilab qöyilgan talabalar bundan mustasno ekanini aytgandi.

Vazirlik axborot xizmati e’lon qilgan yuqoridagi bayonot bundan farq qilişi qarorlar juda qisqa vaqt içida özgargani yoki qaror qabul qiluvçi va ijro etuvçilar örtasida muvofiqlik yöqligini körsatadi.

Yakuniy qaror şu böldiki, OTMlarda darslar 7 fevraldan 24 fevralgaça ham onlayn, ham oflayn şaklda davom etadi. Qay birini tanlaş talabalarning ixtiyori, biroq ular 24 fevraldan an’anaviy darslarga qaytişlari şart.