OTM va maktablarda onlayn o‘qish boshlandi. U qanday tashkil qilinadi?
Bugun, 24 yanvar kuni O‘zbekistondagi barcha davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida o‘qishlar masofaviy tarzda boshlandi.

Foto: Getty Images
Maktab o‘quvchilarining masofaviy shaklda sifatli ta’lim olishi uchun Milliy teleradiokompaniya telekanallari hamda «Onlayn maktab» telegram-kanali orqali onlayn darslar berib boriladi. «Onlayn maktab» loyihasi doirasida beriladigan darslar jadvali kunlik ravishda «Onlayn maktab» telegram-kanali orqali e’lon qilib boriladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi esa OTM darslari masofaviy ta’limga o‘tkazilishi bilan barcha zaruriy texnologiyalar safarbar qilinishini xabar qildi.
Darslar onlayn tarzda o‘tiladigan bir oy muddatda OTM va maktab o‘qituvchilari o‘z ish joylarida bo‘lishi, faqat muassasalarda kasallik aniqlangan holatlarda pedagoglarning masofaviy tarzda ishlashga o‘tkazilishi Xalq ta’limi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan ma’lum qilindi.
Ta’lim jarayoni “onlayn” shaklda amalga oshiriladigan davrda umumta’lim muassasalari va “Barkamol avlod” maktablari pedagog va boshqa xodimlariga, shu jumladan mehnatiga soatbay haq to‘lash asosida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarga ish haqi to‘lovlari saqlangan holda to‘lab beriladi.
O‘qituvchilar kundalik jadval asosida dars berayotgan fanlari bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirishini, uyga vazifalar bajarilishini hamda o‘quvchilar bilimini sinf jurnaliga (elektron kundalik tizimi joriy etilgan maktablarda Kundalik.com tizimiga) baholab borishni ta’minlab borishlari hamda zaruriyatga ko‘ra "Onlayn maktab" loyihasi doirasida o‘tilgan mavzularni o‘quvchilarga qo‘shimcha tushuntirib borishlari lozim.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi esa bu muddatda OTM va maktablardagi masofaviy ta’lim sifati doimiy ravishda monitoring qilinishini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi
O‘zbekiston | 09:56
-
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
O‘zbekiston | 09:24
-
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada yana oltin medal oldi
O‘zbekiston | 08:34
Mavzuga oid

18:39 / 26.07.2023
14 ta oliy ta’lim muassasasida masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi

23:08 / 29.06.2023
Sirtqi ta’lim masofaviy shaklga o‘tkazilishi mumkin

16:19 / 04.10.2022
Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni joriy etish tartibi belgilandi

13:44 / 15.07.2022