Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 21 noyabr kuni fuqaro huquqni muhofaza qiluvçi organlarga ariza bilan murojaat qilib, özidan pora talab qilayotgan bank xodimiga çora körişni söragan.
Fuqaroning murojaatiga köra, u ATB “Xalq banki”ning Samarqand viloyat filialidan 830 million söm kredit olgan. Kreditni rasmiylaştirişda fuqaroga tegişli xususiy korxona garovga qöyilgan. Fuqaro tölovlarni vaqtida tölay olmagani sababli kredit qarzdorligi böyiça iş sudga oşirilgan.
Şundan söng bank xodimi sud tomonidan tayinlanadigan 93 million söm davlat bojini yöqotib berişini va sud işini keçiktirişini aytib, evaziga fuqarodan 3 ming dollar pul söragan. Bank xodimi söragan pulidan dastlab 1050 dollar olgan va qolgan 1950 dollarni talab qilgan.
Arizaga asosan 2022 yil 21 noyabr kuni IIB Jinoyat qidiruv boşqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi, DXX hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbir davomida bank xodimi ariza muallifidan 1950 dollar miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga tuşgan.
Qayd etilişiça, bank xodimi Jinoyat protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida uşlanib, unga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan va ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.
Avvalroq, Surxondaryoda “Ipoteka-bank” ATIB viloyat filialining şu’ba mudiri tadbirkorga 500 million söm kredit ajratib beriş evaziga 10 million söm olayotganda uşlangandi.












