18 dekabr kuni Taşqi işlar vazirligi tomonidan Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida «Yangi Özbekiston: özgaruvçan va özaro muştarak dunyoda işonçli hamkor» mavzusida davra suhbati taşkil etildi. Vladimir Norov uçraşuvda «Markaziy Osiyo+» formatidagi muloqotni rivojlantiriş masalalariga e’tibor qaratgan.
«Markaziy Osiyo+» formati mintaqaviy muvozanatni mustahkamlaş va saqlaşga xizmat qilgan holda turli kelişmovçiliklarga aralaşmasdan, vazmin va mustaqil siyosat olib borişga sodiqligimizdan dalolat beradi», deya Norovning sözlarini keltirmoqda TIV matbuot xizmati.
Şuningdek, Özbekiston taşqi siyosat idorasi rahbari bugungi kunda pragmatik va konstruktiv diplomatiya ğoyat muhimligi haqida gapirgan.
«Özbekiston mojarolar va qarama-qarşiliklar faqat halokatli oqibatlarga va ğoliblar bölmaydigan vaziyatlarga olib keladi, degan fikrga qat’iy amal qiladi. Oqilona murosaga asoslangan diplomatiyagina barça tomonlarning manfaatlariga teng va ziddiyatsiz javob beradi», – dedi Vladimir Norov çet ellik diplomatlar bilan uçraşuvda.












