Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli farmoni bilan Vladimir Imomoviç Norov Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori etib tayinlandi.

Avvalroq, Vladimir Norov taşqi işlar vaziri lavozimidan ozod etilib, uning örniga xalq ta’limi vaziri lavozimida işlab kelgan Baxtiyor Saidov tayinlangandi. 

Ma’lumot uçun, Vladimir Norov 1955 yilda Buxoroda tuğilgan. U turli yillarda turli mamlakatlarda elçi sifatida faoliyat körsatgan (1998—2003 yillarda — Özbekistonning Germaniyadagi, örindoşlik asosida – Polşa va Şveytsariyadagi elçisi. 2005—2006 yillarda — Özbekistonning Belgiyadagi elçisi. 2014 yilning 2 dekabridan Özbekistonning Lyuksemburgdagi elçisi). 2006 yil 12 iyuldan 2010 yil 12 yanvargaça – Özbekiston taşqi işlar vaziri bölib işlagan.

Vladimir Norov 2017 yilning mayida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga direktor etib tayinlangan. 2019-2021 yillarda Şanhay hamkorlik taşkiloti Boş kotibi lavozimida işlagan.

2021 yil 31 dekabr kuni taşqi işlar vaziri örinbosari etib tayinlanadi. Abdulaziz Komilovning iste’foga çiqişi fonida esa 2022 yil 9 sentabr kuni Taşqi işlar vazirligi rahbarligiga keladi. Favqulodda va muxtor elçi diplomatik darajasiga ega.