Sertifikatning ahamiyati nimada?

Prezident qaroriga köra, 2022/23 yilgi qabuldan magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’limda öqiş uçun talabgorda çet tilidan B2 daraja, til yönalişlari nomzodlarida esa S1 darajadagi sertifikat bölişi majburiy qilib qöyilgandi.

Qarordagi yangilik ança avvalroq e’lon qilingan bölsa ham, bu ta’lim bosqiçlarida öqişni rejalaştirgan aksar kişi talab amalga kiritilişi ehtimoldan yiroq deb öylab yurdi. Şuning uçun ijtimoiy tarmoqlarda qabul yaqinlaşgan sayin magistraturaga çet tili sertifikati majburiy qilinayotgani töğri emasligi haqida postlar ham yozila boşlandi.

Lekin oliy va örta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toşqulov bu talab qat’iy bölişini aytib sabablarini keltirib ötgandi.

“Agar bola ingliz tilini bilmasa yo haminqadar bilsa, qanday tadqiqot olib boradi? Hozirgi zamon bilan qanday bellaşadi? Şuning uçun ham biz ruxsat oldik: xalqaro yo mahalliy çet tili sertifikat bilan hujjat topşirgan abituriyent magistraturaga kirişda mutaxassislik fanidan imtihon topşirmaydi. Mutaxassislik böyiça imtihon – qariyb bor böyi bilan korrupsiya. Diplomning örtaça balli hisoblanadi va bu bilan hujjat topşirgan abituriyent magistr böladi”, degandi vazir.

Vazir tölmay qoladigan kvota uçun qişki qabul bölişini ham ma’lum qilgandi.

Kvotalar tölmadimi?

Vazirlik e’lon qilgan yozgi qabul natijalariga köra, topşirilgan 10 031 ta arizadan 5 219 tasi qabul qilingan. Kvota esa 10 688 ta edi. Yozgi qabulda talabga javob beradigan nomzodlar kvotaning yarmini ham taşkil qilmagan.

Vazirlik taqdim etgan ma’lumotga köra, yozgi qabulda xorijiy til böyiça sertifikatga ega abituriyentlar soni 4 578 nafarni taşkil etgan. Undan oldingi yili magistraturaga topşirgan abituriyentlarning esa bor-yöği 768 nafarida til sertifikati bölgan xolos. Bir yilda sertifikatlilar 6,2 barobarga oşgan.