Oliy va örta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toşqulov Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida magistraturaga nima sababdan çet tili sertifikati majburiy qilinayotgani haqida gapirdi. Vazirning qayd etişiça, sertifikat haqidagi e’tirozlarga qaramay, bu talab majburiyligiça qoladi.

“Joriy yilgi qabuldan boşlab magistraturaga çet tilidan faqatgina mahalliy va xalqaro sertifikat olgan abituriyentlargina hujjat topşira oladi. Bu – bir yil oldingi prezident qarorida belgilangan. Hozir bu talabga har xil fikrlar bildirilyapti”, dedi vazir.

Abduqodir Toşqulovning qayd etişiça, ötgan yili atigi 700 nafar bakalavriat bitiruvçilari çet tili sertifikatiga ega bölgan. Bu yil esa 7 ming bitiruvçida şunday sertifikat bor.

“Agar bola ingliz tilini bilmasa yo haminqadar bilsa, qanday tadqiqot olib boradi? Hozirgi zamon bilan qanday bellaşadi? Şuning uçun ham biz ruxsat oldik: xalqaro yo mahalliy çet tili sertifikat bilan hujjat topşirgan abituriyent magistraturaga kirişda mutaxassislik fanidan imtihon topşirmaydi. Mutaxassislik böyiça imtihon – qariyb bor böyi bilan korrupsiya. Diplomning örtaça balli hisoblanadi va bu bilan hujjat topşirgan abituriyent magistr böladi.

Tölmay qoladigan kvota uçun 2 marta qabul bölişini sörayapmiz. Bunda avgust oyida bir marta va yanvarda yana bir marta qabul böladi”, dedi Abduqodir Toşqulov.

Vazirning ta’kidlaşiça, magistraturaga qabul yaxşi bölmagani uçun ham oliy ta’limda nobop kadrlar köpaygan. Qabul tizimi özgarişi sifat özgarişiga yordam berişi umid qilinmoqda.