2022/23 yilgi öquv yili uçun Özbekiston OTMlariga qabul kvotalari tasdiqlandi.
Prezidentning tegişli farmoyişiga asosan, yangi öquv yilida bakalavriatga quyidagiça miqdorda talaba qabul qilinadi:
- kunduzgi şaklda 77 477 nafar;
- sirtqi şaklda 26 095 nafar;
- keçki şaklga 3 725 nafar;
- yangi turdagi masofaviy ta’lim şakliga 3 410 nafar.
Magistratura uçun qabul 10 688 nafar etib belgilangan.
Qabul jarayonlarini taşkil etiş töğrisida prezident qarori e’lon qilindi. Unga köra, yangi öquv mavsumida qabul 20 iyundan boşlanadigan böldi.
Qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn röyxatdan ötkaziş Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va DTM rasmiy sayti orqali har yili 20 iyundan 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham), çet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon ötkaziladigan bakalavriat ta’lim yönalişlari böyiça esa 10 iyulga qadar (10 iyul kuni ham) amalga oşiriladi.
Endilikda OTMga imtihonlarsiz davlat granti asosida öqişga kiriş böyiça imtiyozga ega şaxslar umumiy qabul parametrlaridan taşqari, qöşimça davlat granti asosida öqişga qabul qilinadi. Ya’ni ular umumiy kvotadan joy band qilmaydi.
Qarorda öqişni köçiriş böyiça yangi tartib ham belgilangan. Unga köra, davlat OTMsining biridan boşqasiga talabalar öqişini köçirişga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:
- Talaba oila qurişi munosabati bilan turmuş örtoği doimiy yaşaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga öqişini köçiriş uçun murojaat qilganda;
- Davlat organlarining xodimlari iş joyi özgargan taqdirda uning turmuş örtoği yoki voyaga yetmagan farzandi öqişini köçiriş uçun murojaat qilganda, tegişli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.














