IIV Toshkent shahar IIBB YHXB sayti hakerlar hujumiga uchraganini rad etdi
Internetda hakerlar Toshkent shahar IIBB YHXB sayti ma’lumotlar bazasiga buzib kirib, yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan qo‘llangan mingdan ortiq jarimalarni o‘chirib yuborishgani haqida xabar tarqaldi. IIV bu ma’lumot haqiqatga mos kelmasligini bildirdi.

Foto: Getty Images
Telegram-kanallarida tarqalgan xabarlarda hakerlar jamoasi Toshkent shahar IIBB YHXB saytiga hujum uyushtirib, ma’lumotlar bazasidagi jarimalarga oid 60 mingta ma’lumotdan 27 mingtasini qo‘lga kiritishgani, shundan mingdan ortiq jarimalar o‘chirib yuborilgani haqida so‘z boradi.
Xabarlarga haydovchilarning ism-sharifi, tug‘ilgan sanalari, qanday avtomobilda yo‘l harakati qoidasini buzgani, qoidabuzarlik turi, buning uchun qo‘llanilgan jarima miqdori, rasmiylashtirilgan bayonnoma sanasi va boshqa ma’lumotlar aks etgan skrinshotlar ilova qilingan.
Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumot haqiqatga mos kelmasligini bildirdi.
“Hozirgi kunda Toshkent shahar IIBB YHXB sayti mavjud emas. 2018 yilda IIBB YHXB saytini yuritish uchun test rejimida platforma ishlab chiqilgan, lekin o‘rnatilgan talablarga, shu jumladan xavfsizlik normalariga javob bermaganligi uchun sayt faoliyati to‘xtatilgan.
Ichki ishlar vazirligining barcha rasmiy resurslarining xavfsizligi to‘liq ta’minlangan. Ijtimoiy tarmoq faollaridan asoslanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz”, deyiladi G‘iyosovning telegram-kanalida e’lon qilingan bayonotda.
2021 yil noyabrda ham Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining jarimalar elektron bazasi kiberhujumga uchragani haqida audioyozuv tarqalgandi. YHXBB buni rad etib, ikkita baza integratsiya qilinayotgani sababli “ayrim nosozliklar” ro‘y berayotganini bildirgandi.
Shu yili 5 iyul kuni ham soat 14:05 dan 6 iyul soat 12:30 gacha Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari tasarrufidagi elektron tizimlar ishlamay qolgan, qariyb bir kunlik tanaffusdan so‘ng YHXB bazasi faoliyati tiklangandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Ukraina shaharlari bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi
Jahon | 11:20
-
Davlat stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56
-
Guler «Real»ni poygada qoldirdi, «Inter» derbida yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari
Sport | 10:54
-
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi
Jahon | 10:48
Mavzuga oid

14:29 / 22.04.2025
“Hokimning xizmat mashinasi 47 ta qoidabuzarlik sodir etgan” – YHXB Namangan shahar hokimiga javob qaytardi

18:38 / 21.04.2025
“Fuqarolarga zarar keltirmoqda” – Namangan shahar hokimi viloyat YHXBdan noqonuniy radarlarni olib tashlashni so‘radi

17:25 / 02.04.2025
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi

14:56 / 01.04.2025