
Liam Nison bir qaraşda sovuqqon va qöpol bölib köringani bilan u har qanday yoşda ham öz körkam va xuşbiçimligini yöqotmagan. Odatda, bunday insonlar hamişa köngiloçar matbuotning “nişon”ida bölib kelişadi: turli xil ayollar, bir neçta nikoh, biri-birini tanimaydigan farzandlar... Ammo Liam bu kabi fazilatlardan yiroq bölib, öz şaxsiy hayotini boşqalardan qat’iy himoya qilib keladi.
Baxt çetlab ötgan oilaviy hayot
Uning ayollar bilan munosabati deyarli quloqqa çalinmagan. 1981 yilda aktrisa Helen Mirren bilan oila qurgan aktyor yetti yillik munosabatlariga barham beriş uçun arzirli sabab ham keltirmaydi. Ikkala aktyor ham yildan yilga kino olamini zabt etib, muvaffaqiyat pillapoyalaridan ildamlab borişdi. Ammo doimiy bandlik, karera qiliş maşaqqati va uydan taşqarida keçgan umr bu oilaning parçalanişiga sabab sifatida körsatiladi.
Ammo bu mavzu ham ortiqça e’tiborni tortmasdan, 1988 yildayoq keng omma muhokamasidan ğoyib böldi.

Foto: Getty Images
Işq – çegaralarni tan olmaydi
1993 yilda gözal va latofatli aktrisa Nataşa Riçardson Nisonning e’tiborini tortadi. Bu vaqtda u Brodveyda faoliyat yuritayotgan bölib, Nataşaning şöx tabassumi, heç kimsaga öxşamagan fe’l-atvori Nisonni öziga maftun etadi. Aktrisa özidan 11 yoş kiçik, buning ustiga rejissyor Robert Foks bilan nikohi bölişiga qaramasdan, Nison uning muhabbatini qozoniş uçun bir yil vaqt sarflaydi. Nihoyat, heç bir tösiqqa qaramasdan, Nataşa Nisonning sevgisini qabul qiladi.
Uzoq kutilgan lahzalar
Qariyb bir yil davom etgan Nataşaning ajraliş jarayoni tugaşi bilanoq, ikki maşhur juftlik yangi oila qurganliklarini keng ommaga e’lon qilişdi. Şu kundan boşlab, matbuot va internet tarmoqlari bu oila haqida faqat va faqat yaxşi yangiliklar bilan bölişa boşladi. Dastlab, közni quvontiradigan juftlikning birinçi farzandi dunyoga keldi. Unga Maykl Riçard Antonio Nison deb ism berişdi.

Foto: Getty Images
Bir yildan söng ikkinçi bor ota-onalik maqomiga ega bölgan Nison va Nataşa bu safar ham pahlavon öğilni bağriga bosişdi. Unga Daniyel Jyek Nison deb ism qöyişdi. Bu galgi turmuşda baxt topgan Nataşa va Nison iş va oilaviy munosabatlarni birlaştirişga muvaffaq bölişdi. Ana şu yillar oraliğida Nataşa “Ota-onalar uçun tuzoq”, “Xizmatkorning Robbisi”, “Ingliz sartaroşi” va şu kabi önlab filmlarda boş rollarni gavdalantirgan bölsa, Liamning karerasi yanada samarali böldi. “Yulduzli janglar”, “K-19”, “Nyu-York tödalari”, “Samoviy qirollik”, “Betmen: boşlaniş” kabi maşhur filmlarda takrorlanmas rollar ijro etişga erişdi. Ehtimol Nataşa ham bundan yuqori muvaffaqiyatga erişişi mumkin edi, ammo u öz xohişlaridan oilaning manfaatlarini ustun qöydi.
Baxtsiz tasodif
Heç kim baxtsizlikdan kafolatlanmagan. Baxt kutilmaganda kelgani kabi baxtsizlikning ham qaçon “mehmon” bölişini oldindan aytib bölmas ekan. Ana şunday tasodiflar bu oilani ham çetlab ötmadi.
2009 yilda turmuş qurganliklarining 15 yilligi munosabati bilan Kanadadagi çanği kurortiga borişadi. Ana şu sayohat kunlarining birida Nataşa balandlikdagi trassaga şlem (boş kiyim)siz çiqadi. Ehtiyotsizlik sabab yuqoridan yiqilib tuşgan Nataşa boşidan qattiq jarohat oladi. Şifokorlar taşqi belgilarga qarab, undan biror jiddiy alomatlar yöqligini qayd etdi. Sababi aktrisa özini yaxşi his qilayotgan edi.
Afsuski, ortga qaytmas jarayon allaqaçon boşlangan, miyada katta tomirdan qon ketayotgan edi. Oradan ikki soat ötib, aktrisa özini yomon his qila boşladi va tösatdan koma holatiga tuşib qoladi. Uni zudlik bilan şifoxonaga olib borişadi. Ikki kun ötgaç, Nataşada hayotiy belgilar butkul yöqolib qoladi. U vafot etgan edi.
Liam Nison eng qiyin va dahşatli qaror qarşisida qotib qoladi. U sevimli ayolini hayot bilan boğlab turgan uskunani uzib qöyişga rozilik berdi. Nataşa Riçardson 45 yoşda edi.

Marhumani vataniga olib ketişdan avval yana bir muhim qaror qabul qilişga töğri keldi. Uning organlarini oğir ahvoldagi bemorlarga transplantatsiya qilişga rozilik bildirildi.
Vidolaşuv
Aktrisani Nyu-Yorkka dafn etiş uçun olib kelişadi. Bu yerda uning oila a’zolari, hamkasblari va döstlari bor edi. Dafn marosimi ham köplab taniqli şaxslar iştirok etganligi bilan köpçilikning yodida qolgan. Keyinçalik aktrisaning qabri ustiga uning marmar va bronzadan yasalgan yodgorlik haykali örnatildi. Yodgorlikda aktrisa tizzalagan holda suv töldirilgan idişni uşlab turgani tasvirlangan.

Oradan vaqtlar ötib, bir jurnalist rafiqasining ölimi haqida savol berganida Nison tabassum qildi va qölini silkidi. Ammo his-tuyğulari haqida bir oğiz ham söz aytmadi. 2016 yildagina u özining Fasebookdagi sahifasida şunday satrlarni yozib qoldirdi:
“Rafiqam kutilmaganda vafot etdi. Ammo u menga juda köp quvonçli kunlarni hadya etib ulgurdi. Biz juftlarimiz yonimizda ekanligi uçun minnatdor bölişimiz kerak. Çunki bir kun kelib uning ismi yozilgan raqamdan qönğiroq bölmay qolişi mumkin. Men tuşunib yetgan eng buyuk haqiqat şundaki, har kuningizni umringizning sönggi kuni kabi yaşang va seving. Çunki bir kun şunday böladi”.
Sadoqatning buyuk sohibi
2009 yilda Nison 57 yoşni qarşi olgan edi. Gollivud me’yorlariga köra, Nison beva va ayni “kuyov” böladigan pallada edi. Uning tengdoşlari “işq öyinlari”ning eng yuqori çöqqisiga çiqqan va özlaridan ançayin yoş ayollarga uylana boşlaşgan bölsa-da, Liam vafot etgan xotinining xotirasiga sodiq qoldi. Şunça yil ötgan bölsa-da, u biror ayol bilan köriniş bermagan va miş-mişlar öqiga uçramay kelmoqda.
Maxsuma Oqqöziyeva tayyorladi.










