Gollivud aktyori Dueyn “Qoya” Jonson “Qasoskorlar”da suratga tuşgan aktyorlar Kris Xemsvort va Kiçik Robert Daunini ortda qoldirib, eng serdaromad aktyorlar röyxatiga yetakçilik qilmoqda. Bu haqda Forbes’ga iqtibos keltirgan holda Entertainment Weekly naşri xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, aktyor 2018 yilning 1 iyunidan 2019 yilning 1 iyunigaça 89,4 mln dollar işlab topgan.
Ötgan yil Jonson iştirokida “Osmonöpar bino” filmi suratga çiqqandi. Bundan taşqari, u HBO telekanalidagi “Futbolçilar” serialining har bir seriyasi uçun 700 ming dollardan va kiyim-keçak, poyabzal va quloqçinlar qatoridan millionlab dollar uluş oladi. Aktyor, şuningdek, “Forsaj: Xobbs va Şou” filmi tuşumidan foizlar oladi.
Röyxatning 2- va 3-örinlarini Kris Xemsvort (62,9 mln dollar) va Kiçik Robert Dauni (66 mln) asosan “ Qasoskorlar: Intiho” filmidagi işiroklari uçun egallaşgan. Keyingi örinlarni hind aktyori Akşay Kumar (65 mln) va afsonaviy Jyeki Çan (58 mln) egallamoqda.
Yetakçi öntalikka Bredli Kuper (57 mln), Adam Sendler (57 mln), Kris Evans (43,5 mln), Pol Radd (42 mln) va Uill Smit (35 mln) ham kirgan.
Ötgan yilgi röyxat yetakçisi Jorj Kluni öntalikka ham kirmagan.












