Pentagon Rossiya tomonidan öz zimmasiga olingan «Rojdestvo sulhi» buzilganini aniqladi.
AQŞ Mudofaa vazirligi vakili Lora Kuper sözlariga köra, 6 dekabr kuni Rossiya Qurolli kuçlari harbiy harakatlarni töxtatmadi. Vaholanki, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 6-7 yanvar kunlari pravoslav nasroniylarning Rojdestvo bayrami munosabati bilan öt oçişni töxtatişga buyurgan edi.
Kuper Putinning bu bayonotini oxir-oqibat natija bermagan «taşviqot hiylasi» deb atadi.
Pentagon ma’lumotlariga köra, Rossiya mahbuslar yordamida Ukraina pozitsiyalariga hujumlarni davom ettiradi.
5 yanvar kuni Rus pravoslav çerkovi rahbari Kirillning pravoslavlar bu kunlarni çerkovda ötkazişi kerakligi haqidagi murojaatidan söng Putin «Rojdestvo» sulhini e’lon qilgan edi.
Ukraina Rossiyaning «taşabbusini» darhol rad etdi. Mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Aleksey Danilov Kreml taşabbusida yolğon va ikkiyuzlamaçilikni körişini ta’kidladi.
Amerika prezidenti Jo Bayden ham, Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok ham Putinning niyatiga işonmadi.
Ukraina prezidenti ofisida sulhning asosiy şartlaridan biri rus qöşinlarining çiqib ketişi ekani aytilgan edi.













