Özbekiston moliya vazirining “Içki audit tadbirlarini ötkaziş qöllanmasini tasdiqlaş töğrisida”gi buyruği qabul qilindi.
Hujjat vazirlik va idoralarda içki audit ötkaziş, içki audit jarayonida hujjatlarni rasmiylaştiriş, natijalar böyiça taklif va tavsiyalarni işlab çiqiş tartibini belgilaydi va kerakli hujjatlar şakllarini aks ettiradi.
Audit obekti xavf darajalarini aniqlaşda quyidagi xavf omillaridan foydalaniladi:
- obekt yillik moliyalaştiriş hajmi;
- obektga ajratilgan mablağlar özlaştirilişi;
- obektda rahbariyat va moliya-xöjalik tuzilmalari xodimlari qönimsizligi;
- obektning moliyaviy faoliyatiga oid jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlari;
- faoliyat yuritayotgan xodimlar soni;
- ötgan davr mobaynida amalga oşirilgan tranzaksiyalar soni;
- tuzilgan şartnomalar soni;
- içida moliyaviy nazorat va içki audit tadbiri amalga oşirilmagan davr;
- debitor va kreditor qarzdorlik hajmi ösişi.












