Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi bino-inşootlarning energiya samaradorligini oşiriş nuqtayi nazaridan auditdan ötkaziş işlarini taşkil etiş, muvofiqlaştiriş va nazorat qiliş böyiça vakolatli organ etib belgilanadi.

Energiya auditi ötkaziş uçun energiya audit taşkilotlari reyting körsatkiçlari asosida aniqlanadi.

Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi, Energetika vazirligi,  Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Madaniyat vazirligi:

tegişliligi böyiça maktabgaça ta’lim, umumiy örta va örta maxsus ta’lim, professional ta’lim, oliy ta’lim, soğliqni saqlaş va tibbiy-ijtimoiy muassasalar, hamda sportni rivojlantiriş, madaniyat va san’at obektlarining bino-inşootlarini xatlovdan ötkazadi;
xatlov natijalariga köra obektlarni energiya auditdan ötkaziş dasturini işlab çiqadi va «Şaffof quriliş» milliy axborot tizimida joylaştiradi.

Bino-inşootlarning energiya auditi iste’mol qilinadigan energiya resurslar hajmi böyiça obektiv ma’lumotlarni oliş, energiya samaradorligi körsatkiçlarini aniqlaş, energiya yöqotişlarini kamaytiriş, issiqlik yöqotiliş joylarini aniqlaş va bartaraf etiş, energiya tejaş va energiya samaradorligini oşiriş imkoniyatlarini aniqlaş, energiya samaradorligini oşiriş böyiça texnik-iqtisodiy asoslangan tadbirlarni işlab çiqiş orqali kommunal xarajatlarni kamaytiriş, bino-inşootlarda şinamlik darajasini oşiriş, energetik pasport işlab çiqiş, energiya samaradorlik toifasini aniqlaş maqsadida amalga oşiriladi.

Energiya audit yangi qurilgan, mavjud, funksional maqsadlari özgartirilgan (qayta ixtisoslaştirilgan), rekonstruksiya qilingan, kapital ta’mirlangan va modernizatsiya qilingan turar-joy binolarini energetik pasportlaş va energiyani tejaşga qaratilgan boşqa tadbirlar davomida amalga oşiriladi.

Yangi va rekonstruksiya qilinadigan obektlarning loyiha hujjatlarini energetika ekspertizasidan ötkaziş majburiy hisoblanadi. Energiya audit ötkaziş energiya audit taşkilotlari tomonidan şartnoma asosida amalga oşiriladi.