Iqlim özgarişi tezlaşib borişi hisobiga dunyo har yili tobora zararliroq va köproq talafot olib kelayotgan, tölovi ham qimmatga tuşadigan hodisalarini boşdan keçirmoqda. 2022 yilda har biri 3 mlrd dollardan köproq zarar keltirgan 10 ta şunday tabiat hodisasi sodir böldi.
Milliardlab dollar zarar yetkaziş bilan birga minglab insonlar bu tabiat hodisalari sabab vafot etdi, millionlab odamlar jabr kördi. Issiqxona gazlari iste’moli qisqarmas ekan, insoniyat tölaydigan bu tovon narxi oşib boraveradi.
Top 10 ta eng ziyonli tabiat hodisasi
- AQŞ va Kubada sentabr oyida röy bergan töfonlar. Bu töfonlar sabab millionlab odamlar elektr energiyasidan ma’lum muddat uzilib qoldi, qurbonlar yuz berdi. Har ikkala davlat körgan zarar hajmi 100 mlrd dollar atrofida baholangan.
Got this from a friend in #Naples - just so sad. @ActionNewsJax #Ian pic.twitter.com/HtC0CtG228
— Jason Brewer (@JBrewerBoston25) September 28, 2022
- Yevropadagi qurğoqçilik. Bundan körilgan zarar 30 mlrd dollardan oşiqroqqa baholanmoqda. Yevropa va Buyuk Britaniya ötgan yili boşidan keçirgan qurğoqçilik sönggi 230 yil içida eng qattiği bölgan. Yuqori harorat örmon yonğinlari kelib çiqişiga ham sabab böldi.

- Xitoydagi suv toşqinlari. 12,3 mlrd zarar keltirgan.

Xitoy tarixidagi eng yirik suv toşqinlaridan biri bölgan yozgi suv toşqinida millionlab odamlar boşpanasini taşlab ketişga majbur bölgan, minglab uylar yaroqsiz holatga kelgan. Umuman, 2022 yilda kuzatilgan va katta zarar keltirgan tabiiy ofatlarning aksariga qançadir muddatda kuzatilgan eng katta talafot keltirgan hodisa sifatida ta’rif berilmoqda.






















