Qayd etilişiça, meteorologik kuzatuvlarning barça yillari uçun sönggi 7 yil eng iliq böldi. Eng iliq yillar qatorida birinçi örinni 2016 va 2021 yillar egallaydi.
Bahor va yoz oylarida anomal issiq davrlarning takroriyligi hamda jadalligi ortib bormoqda. Orolböyi hududlari uşbu hodisaga köproq moyil ekani aytiladi. Sönggi 5 yil içida uşbu hududda deyarli har yili maksimal havo harorati rekordlari yangilangan.
Havo harorati 40 daraja va undan yuqori bölgan kunlar soni ortdi. Çöl hududlarida, respublika şimoli va janubida ğayritabiiy issiq kunlar soni 25 dan 40 kungaça (me’yor 15-30 kun) bölgan.
Quruq davrlarning davomiyligi ortmoqda, bu esa atmosfera qurğoqçiligi va suv taqçilligi oşişiga olib keladi. Sönggi yillarda atmosfera qurğoqçiligi bölgan kunlar soni 50-80 kunni taşkil etib, örtaça köp yillik qiymatlarda 30-70 kunni taşkil etmoqda.
Ştorm şamollar çangli ğuborlar hosil bölişi va ularning tarqalişiga olib keladi. 2021 yil noyabr oyining boşida Toşkent şahrida, şuningdek Toşkent va Sirdaryo viloyatlarida birinçi marta anomal tabiiy hodisa - köriş masofasi 100-200 metrgaça yomonlaşişida çang-qum böronlari kuzatildi.
“Özgidromet”ga köra, respublika hududidagi toğ va toğoldi hududlari sel xavfi bölgan zonalar hisoblanadi. Sönggi 10 yilda respublika böylab 657 ta (2018 yil – 75 ta, 2019 yil – 132 ta, 2020 yil – 119 ta, 2021 yil – 134 ta; joriy yilda – 70 dan ziyod) sel va suv toşqinlari kuzatilgan.
Tahlillar şuni körsatmoqdaki, respublika hududining 12 foizida 29 ta asosiy sel keliş havzasi mavjud bölib, uşbu hududlar asosan Namangan, Farğona, Surxondaryo, Toşkent, Qaşqadaryo va Samarqand viloyatlarida joylaşgan.
Sellarning kelib çiqişi asosiy sababi kuçli jala yomğirlari (döl) bölib, natijada daryo va soylarda suv sathining kötarilişi, suvning özandan toşib çiqişi oqibatida hududlarda suv bosiş holatlari intensivligi ortmoqda.
Ta’kidlanişiça, joriy yilning 20 aprel kuni Jizzax viloyati Foriş tumani kuzatilgan yoğingarçiliklar natijasida “Egizbuloq” MFYda yaşovçi 5 nafar fuqaro sel oqizib ketişi natijasida halok bölgan, 4 ta xonadonni suv bosgan, 10 ta xonadon jiddiy talafot körgan. 10 may kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida bölib ötgan kuçli yoğingarçiliklar va döl oqibatida Töpalang daryosidan sel kelib, 2 nafar fuqaroni oqizib ketgan.













