“Özgidromet” xabariga köra, respublika hududi böyiça havo harorati 38-43 daraja issiq atrofida, janubda va çöl hududlarda 44-45 daraja issiqqaça böladi.

Haftaning ikkinçi yarmida issiq kuçayadi va 21-23 iyul kunlari kunduzi havo 43-45 daraja issiqqaça, şimolda, janubda va çöl hududlarda 47 daraja issiqqaça kötariladi. Faqat respublika şimolida 23 iyulda issiq asta-sekin 37-42 darajagaça pasayadi.

Respublikaning ayrim joylarida şamol çang-tözonlar bilan
15-20 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda. Ba’zi joylarda şamol 22-25 m/s gaça kuçayişi mumkin.

18-24 iyul kunlari Qirğiziston hududidan Farğona viloyatining toğoldi va toğli hududlari böyiça glyatsial (muz) sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.