Jizzax viloyati prokuraturasi axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 20 aprel kuni soat 15:00 larda kuçli yomğir yoğişi oqibatida Nurota toğ tizmasining Foriş tumanidagi qismidan “Egizbuloq” MFY hududidagi Orişli qişloği orqali Egizbuloq qişloğiga sel toşqini kelgan.

Oqibatda, şu hududda yaşovçi 4 nafar şaxs vafot etgan, 1 nafari bedarak yöqolgan va 6 nafari turli darajada tan jarohati olgan. Şuningdek, sel toşqini natijasida 53 ta turar joy va ularning yordamçi xöjalik binolariga zarar yetgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekşiruv va tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida bedarak yöqolgan şaxs suvga çökişi natijasida vafot etganligi aniqlanib, uning murdasi topilgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Bundan taşqari, voqea sodir bölgan hududda tezkor ştab faoliyati yölga qöyilgan bölib, toşqin oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Eslatib ötamiz, keça, 20 aprel kuni kuçli yomğir yoğişi natijasida Samarqand va Jizzax viloyatining bir qator tumanlarida sel kelişi holatlari kuzatildi va hududlarni suv bosdi.