Dam oliş kunlari mamlakat hududiga Erondan juda issiq havo kirib kelişi boşlandi, kunduzi termometr ustuni 38-41 daraja issiqqaça, şimolda, janubda va çöl hududlarda 42-44 daraja issiqqaça kötarildi.

“Özgidromet” xabariga köra, uşbu haftada iqlimiy qiymatlardan 5-7 darajaga yuqori bölgan havo harorati bilan anomal issiq ob-havo saqlanib turadi.

Keçalari 23-26 daraja issiq, kunduz kunlari 39-42 daraja issiq, respublika janubida va çöl hududlarida 43-45 daraja issiq böladi. 

Qayd etilişiça, faqat juma kuni issiq harorat biroz pasayadi. Respublika hududi katta qismida harorat 37-40 daraja issiq atrofida böladi, janubiy hududlarda 43-45 daraja issiq atrofida bölgan juda yuqori harorat saqlanib turadi.

Respublika ayrim hududlarida şamol 15-20 m/s gaça kuçayişi, ba’zi joylarda çang-tözonlari kuzatilişi mumkin.

Bugun ayrim toğli hududlarda sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.