Toshkent shahrida issiq suv taʼminotini rejali kuzgi oʻchirishlar boshlandi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, profilaktika ishlari isitish mavsumida tizimning barqaror va ishonchli ishlashini taʼminlash uchun zarur. 

Joriy haftadagi oʻchirishlar:

  • Mirzo Ulugʻbek tumani - 7−11-sentabr

- “Uygʻonish” MFY, TTZ-2 massivi;

- 29, 30, 31, 32, 37, 38a, 38b, 44, 12-sonli uylar;

- 512-sonli va 80-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlari.

  • Shayxontohur tumani - 7−9-sentabr

- “Samarqand darvoza” MFY, Uchlola koʻchasi;

- 1-sonli uy.

  • Yashnobod tumani - 7−9-sentabr

- “Movarounnahr” MFY, Nukus koʻchasi - KHAY:

- 2, 2/1, 2/2, 4, 4/1, 6, 6/1, 6/2, 8-sonli uylar.

Shuningdek, 8-sentabr kuni soat 00:00 dan 6:00 ga qadar ikkita issiqlik markazi - IM-2, IM-6’da quvur tarmogʻida gidravlik sinovlar (opressovka) oʻtkaziladi.

IM-2 – Mirzo Ulugʻbek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Mirishkor, Shukur Burhonov, Razzoq Xamroyev, Salom, Doʻrmon yoʻli, Feruza koʻchalari, shuningdek, Qorasuv-1, Qorasuv-2, Qorasuv-3, Qorasuv-4, Qorasuv-6, Buz-2 va Feruza massivlari.

IM-6– Munis, Sarikoʻl, Eski Sarikoʻl, Yangizamon, Yangi Qoʻyliq, Abdurauf Fitrat, Fargʻona yoʻli, Tollimarjon, Fayzobod, Mehrjon, Sayhun, Surxon koʻchalari, Qoʻyliq-1, 7, Qoʻyliq-Aylanma dahalari.