“Shaharsozlikda bosh reja bo‘lmasa, muammo ko‘payaveradi” - energetiklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va boshqa mulozimlar ishdan olingan yig‘ilishda poytaxtning bosh rejasi haligacha tasdiqlanmagani natijasida ruxsatsiz qurilgan obektlar soni 250 dan oshib ketgani, qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama bo‘yicha aniq hisob-kitob qilinmayotganini tanqid qilgandi.
Kun.uz’ga intervyu bergan energetiklarga ko‘ra, shu kunlarda respublikamiz miqyosida kuzatilayotgan energotaqchillik qurilishlar rejasiz qilinayotgani, shaharlarning bosh rejasi yo‘qligi bilan bog‘liq.
Umid Mamadaminov, Stantop Energy MChJ rahbari:
— AQSh yoki boshqa rivojlangan mamlakatlarni oladigan bo‘lsak, ular ham shunday bosqichdan o‘tgan. Noto‘g‘ri yo‘l bilan emas, albatta. “Master plan” deyiladi, ya’ni bunda har bitta shahar yoki qishloqning kengayish rejasi bo‘ladi. Bu bo‘yicha arxitektura tashkilotlari ishlaydi. Aholining o‘sish darajasi statistikasi bo‘yicha ishlanadi bu.
Shaharsozlikda mana shunday ish olib boriladi va o‘sha aholini energiya bilan ta’minlashga xizmat qiladigan post stansiyalar, energiya tarmoqlari tizimi joylashtiriladi. Bunda Energetika vazirligi va boshqa shaharsozlikka javob beruvchi tashkilotlar hamkorlikda ishlashi kerak. Viloyatlarda ko‘ryapmanki, umuman rejali ishlanmagan elektr energiya tizimi. Bizda aynan shunday reja bilan, hamkorlikda ishlaydigan tizim yo‘lga qo‘yilishi shart. Agar bunday bo‘lmasa, muammo ko‘payib ketaveradi.

Sohada yangilik yaratish shart emas. Shunchaki boshqa rivojlangan davlatlardan andoza olish kerak, xolos. AQShda ham yaqin o‘tmishda shunday muammolar yuzaga kelgan va ular yangi tizim o‘ylab chiqishdi. Masalan, energiya ko‘p sarflanadigan vaqtlarda katta energiya sarf qiluvchi zavod-fabrikalarga ma’lum darajada energiya sarfini kamaytirib turishni taklif qiladi va buning evaziga davlat o‘sha zavod yoki fabrikaga ma’lum bir subsidiyalar beradi.
Sarvar Qurbonov, “SKB Energy Company” MChJ QK rahbari:
— Bu holat bizda ham bor. Lekin subsidiya degan narsa yo‘q, shunchaki o‘chirishni talab qilishadi. O‘z-o‘zidan bu ishlab chiqarishga, mahsulot sifatiga, daromadga zarar beradi.

Umid Mamadaminov:
— AQSh tajribasida o‘sha ishlab chiqarish obektlarining o‘z xohishi bilan generatorlaridan foydalanish kabi holatlar ham bor. Yuqorida aytganimizdek, bunday holatlarda davlat kompensatsiya qiladi yoki ma’lum bir subsidiyalar beradi. Bu narsa juda yaxshi samara bergan. Bizda shunday dasturlar ishlab chiqish kerak.
Baxtiyor G‘oziyev, ABREST Energy Engineering MChJ tijorat direktori:
— Bu kabi ishlash tizimi bizda to‘liq yo‘q deyish biroz xato. Bor bizda ham, lekin to‘liq yoki ko‘zlangan maqsadda ishlamaydi.
Energetika vaziri o‘rinbosari aytib o‘tgan masala ham aslida bor. Loyiha jarayonida texnik shart beriladi hududiy elektr tarmoqlari tomonidan. Faqatgina bunda hududiy elektr tarmoqlari doirasida ruxsat olinadi. Va bu haqidagi ma’lumotlar vazirlikka taqdim etilishi kerak. Obekt ruxsatsiz qurilyapti, degani bilan, aslida hududiy elektr tarmoqlari yuqoriga ma’lumot bermayapti. Muammo mana shu yerda.

Elektr energiyasini ishlatishda uch xil tarif bo‘lib berilgan ishlab chiqaruvchilarga. Kunduzi boshqacha tarif, tungi holatda boshqacha tarif, bunda tungi tarif arzonroq bo‘ladi. Endi bu holatda qaysi tarifdan foydalanishni ishlab chiqaruvchining o‘zi hal qiladi. Shu kabi tizimlar yo‘lga qo‘yilgan, lekin to‘liq ishlamayapti yoki ba’zi joylarida dastur to‘liq ishlab chiqilmagan.
Suhbatni to‘liq Kun.uz’ning yutub-kanalida ko‘rish mumkin.
Jamshid Niyozov suhbatlashdi.
Tasvirchi: Mirvohid Mirrahimov
Montaj ustasi: Abduqodir To‘lqinov
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Oliy sudi «Tolibon»ni taqiqlash haqidagi qarorni to‘xtatdi
Jahon | 18:33
-
“Sinovlar sabab hayot qadriga yetdim” – jigar sirrozidan tuzalgan so‘xlik hikoyasi
Jamiyat | 18:03
-
«Afrosiyob» poyezdlari harakati jadvaliga o‘zgarishlar kiritildi
Jamiyat | 17:53
-
Astronomlar Yerdan 120 yorug‘lik yili uzoqlikdagi sayyorada hayot belgisini topdi
Jahon | 17:51
Mavzuga oid

09:32 / 26.03.2025
Kreml hujum qilinmaydigan energetika obektlarini ma’lum qildi

18:04 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?

14:01 / 25.03.2025
O‘zbekiston yana netto gaz eksportchisiga aylandi

21:33 / 24.03.2025