Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatining Baxmal tumanida tuğilgan bolaga “MBAPPE” deb ism qöyilganligi haqida xabar tarqaldi. Xabarga bolaning tuğilganlik haqidagi guvohnomasi ilova qilingan.

Hujjatga köra, bola 2023 yilning 14 yanvar kuni dunyoga kelgan. Tuğilganlik holati Baxmal tumani FHDYo bölimi tomonidan 16 yanvar kuni qayd etilgan.
Kun.uz bu xabar qançalik haqiqatga yaqin ekanini biliş maqsadida Adliya vazirligining axborot xizmati bilan boğlandi. Vazirlik tomonidan uşbu holat örganib çiqilganda, internetda tarqatilgan xabar yolğon ekani, bolaga bunday ism qöyilmagani aniqlandi.
Adliya vazirining matbuot kotibi Sevara Örinboyevaga köra, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan hujjat fotoşop mahsuli bölib, aslida bolaga Abdulloh deb ism qöyilgan. Mutaxassislarga köra, buni tuğilganlik haqidagi guvohnoma raqami yoxud hujjatda qayd etilgan jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsion raqamidan ham osongina aniqlaş mumkin.
“Ma’lumot tariqasida, bolaga ism uning kelgusidagi manfaatlaridan kelib çiqqan holda beriladi, kelgusida uning şa’ni va qadriga salbiy ta’sir qilişi mumkin bölgan ism berilişiga yöl qöyilmaydi”, deyiladi Adliya vazirligining Kun.uz’ga taqdim etgan ma’lumotida.
Eslatib ötamiz, Mbappe futbol böyiça Fransiya terma jamoasining a’zosi Kilianning familiyasidir.
Özbekistonliklar öz farzandiga futbol yulduzi, kino qahramon yoki tarixiy şaxslarning ismini qöygani bungaça ham kuzatilgan. Internetda 1984 yilda tuğilgan Çingalçuk, 1990 yilda tavallud topgan Brus Li, 1993 yili dunyoga kelgan Amir Temur, 1994 yilda tuğilgan Maradonalarning hujjatlari nusxasi mavjud.











