Xitoyning CCTV davlat telekanali Madridning «Real» klubi hujumçisi, fransiyalik Kilian Mbappe bilan boğliq mojarodan söng Ispaniya futbol çempionati (La Liga) öyinlarini namoyiş etişni töxtatdi. BBC xabariga köra, 1-noyabr kuni CCTV «Real» va «Rasing» örtasidagi öyinni efirga uzatmagan.
Mojaro ötgan haftada, Kilian Mbappe jurnalistning özi haqidagi qaysi mem unga köproq yoqişi töğrisidagi savoliga javoban, uning qiyofasi «qandaydir yigit; çamasi, Xitoy diktatori» bilan birlaştirilgan memni aytganidan keyin boşlandi.
Mbappe tilga olgan mem Xitoy Xalq Respublikasi asosçisi Mao Szedun fotosurati asosida yaratilgan edi. Bu Xitoyda katta şov-şuvga sabab böldi va oqibatda bir neçta mahalliy kompaniya futbolçi bilan şartnomalarni bekor qildi. CCTV telekanaliga egalik qiluvçi China Media Group (CMG) korporatsiyasi Xitoyda La Liga öyinlari translyatsiyasi töxtatilganini maʼlum qildi.
Şundan söng Kilian Mbappening özi, şuningdek, «Real» va La Liga rahbariyati uzr söradi. Xitoy Taşqi işlar vazirligi Xitoy tomoni «bildirilgan uzrni yuqori baholaşini» maʼlum qildi. CMG ham uzrni qabul qilişini bildirdi. Biroq, BBC taʼkidlaganidek, CCTV La Liga öyinlari namoyişini qaçon qayta tiklaşi hozirça nomaʼlum.












