Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Özbekiston rahbari Şavkat Mirziyoyev bilan tor doiradagi muzokaralar çoğida bugun qirğiz-özbek çegarasini delimitatsiya qiliş yakunlanayotganini aytib, bunda Özbekiston rahbarining beqiyos hissasini e’tirof etdi.

«Qirğiziston qardoş Özbekiston bilan yaxşi qöşniçilik ruhidagi hamkorlikni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratadi. Biz uçun Özbekiston haqiqiy döst va işonçli strategik şerikdir. An’anaga köra, uçraşuv oçiq va döstona ruhda ötadi. Mamlakatlarimiz örtasida siyosiy qarama-qarşiliklar yöq.

Ikki mamlakat örtasida parlamentlararo aloqalar izçil rivojlanib, ular davlatlararo munosabatlarda muhim örin tutadi.

Bugun biz qirğiz-özbek çegarasini delimitatsiya qilişni yakunlayapmiz. Bu haqiqatan ham tarixiy voqea. Biz muloqotga va özaro maqbul yeçimlarni izlaşga tayyorligimizni namoyiş etdik. Işonçim komilki, çegaralar masalasiga çek qöyib, biz kelajak avlodlarimiz kamolotiga mustahkam poydevor qöyamiz.

Muhtaram Şavkat Miromonoviç, qirğiz-özbek çegarasini delimitatsiya qiliş böyiça muhim masalalarni hal etişda sizning beqiyos hissangiz borligini qayd etmoqçiman. 

Davlat taşrifi doirasida şartnomani ratifikatsiya yorliqlarini almaşiş orqali bunday muhim voqea ta’minlanişi alohida e’tiborga molik. Şuningdek, Qirğiziston va Özbekiston örtasida har tomonlama strategik şeriklik töğrisidagi deklaratsiyani imzolaymiz va şu orqali munosabatlarimizni misli körilmagan darajaga olib çiqamiz», degan Sadir Japarov.