Bişkekda Özbekiston va Qirğiziston prezidentlari iştirokida kengaytirilgan tarkibdagi yiğiliş bölib ötdi. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev çegara masalasi hal qilinişidagi sa’y-harakatlari uçun Qirğiziston rahbariga minnatdorçilik bildirdi.
«Biz har bir masalani har tomonlama puxta, şoşilmasdan körib çiqdik. Va bizda endi heç qanday muammoli savollar yöq.
Qirğiziston va Özbekiston mustaqilligining 31 yili davomida tarixda birinçi marta bunday darajadagi munosabatlarga erişdi. Hamkasbim Sadir Nurgojayeviçga şaxsan qöllab-quvvatlagani uçun alohida minnatdorçilik bildirmoqçiman.
Çegara masalalarida ham uning siyosiy irodasi bölmaganida, natijaga erişmagan bölardik. Xuddi avvalgidek: «Ha, qilamiz, lekin ertaga va indinga...» deyiş mumkin edi. Ammo «ertaga» deyiş bilan 30 yil ötdi va biz bu masalalarni hal qilganimiz yöq. Şuning uçun, ayniqsa, Qirğiziston prezidentiga yana bir bor öz minnatdorçiligimni bildirmoqçiman», dedi Özbekiston rahbari.
Şundan söng ikki mamlakat delegatsiyalari rahbarlari, hukumat vakillari iştirokida hujjatlarni almaşiş marosimi ötkazildi.
Özbekiston prezidentining Qirğizistonga davlat taşrifi doirasida almaşinilgan ikki tomonlama hujjatlar:
1. Özbekiston va Qirğiziston örtasida har tomonlama strategik şeriklik töğrisida Deklaratsiya;
2. Özbekiston va Qirğiziston örtasida özbek-qirğiz davlat çegarasining alohida uçastkalari töğrisidagi şartnomaning ratifikatsiya yorliqlarini almaşiş töğrisida Bayonnoma;
3. Özbekiston hukumati va Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi örtasida favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bartaraf etiş töğrisida Bitim;
4. 2006 yil 3 oktyabrda imzolangan Özbekiston va Qirğiziston hukumatlari örtasida fuqarolarning özaro borib-kelişlari töğrisidagi Bitimga özgartirişlar kiritiş töğrisida Bayonnoma;
5. Özbekiston va Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi örtasida Qirğiziston Respublikasida avtomobil va tijorat texnikasi işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça hamkorlik töğrisida Bitim;
6. 2017 yil 6 sentabrda imzolangan Özbekiston Respublikasining çegaraoldi viloyatlari hokimlari va Qirğiziston Respublikasi hukumatining çegaraoldi viloyatlarining vakolatli vakillari Kengaşini taşkil etiş töğrisida Anglaşuv memorandumiga özgartirişlar kiritiş töğrisida Bayonnoma;
7. Özbekiston hukumati va Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi örtasida strategik savdo-iqtisodiy şeriklik töğrisida 2023-2025 yillarga möljallangan dastur;
8. Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi bilan Qirğiziston Qişloq xöjaligi vazirligi örtasida qişloq xöjaligi sohasida hamkorlik töğrisida Bitim;
9. Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qömitasi bilan Qirğiziston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat bojxona xizmati örtasida özaro savdoda bojxona statistikasi ma’lumotlarini almaşişda hamkorlik qiliş tartibi töğrisida Bayonnoma;
10. Özbekiston Bojxona qömitasi bilan Qirğiziston Davlat bojxona xizmati örtasida taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari tomonidan şubhali moliyaviy operatsiyalarni amalga oşirişni oldini oliş, aniqlaş va töxtatiş sohasida hamkorlik qiliş töğrisida Bayonnoma;
11. Özbekiston energetikaa vazirligi va Qirğiziston energetika vazirligi örtasida energetika sohasida hamkorlik töğrisida Bitim;
12. Özbekiston energetikaa vazirligi va Qirğiziston energetika vazirligi örtasida kömir sanoatida hamkorlikni rivojlantiriş böyiça Bitim;
13. Özbekiston energetika vazirligi va Qirğiziston energetika vazirligi örtasida «Çotqol» GES kasakadi qurilişi böyiça Anglaşuv memorandumi;
14. Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Qirğiziston Iqtisodiyot va tijorat vazirligi örtasida sanoatning ustuvor yönalişlarini rivojlantiriş böyiça hamkorlik töğrisida Bitim;
15. Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi v Qirğiziston prezidenti huzuridagi Investiyalar milliy agentligi örtasida hamkorlik töğrisida Bitim;
16. Özbekiston yoşlar siyosati va sport vazirligi va Qirğiziston madaniyat, axborot, sport va yoşlar siyosati vazirligi örtasida hamkorlik töğrisida Bitim;
17. Özbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi intellektual mulk va innvatsiyalar davlat agentligi örtasida hamkorlik töğrisida Bitim;
18. Özbekiston va Qirğizston örtasida diplomatik aloqalar örnatilganining 30 yilligini keng nişonlaş böyiça qöşma tadbirlar Rejasi;
19. Özbekistonning Jizzax viloyati hokimiyati bilan Qirğiziston prezidentining Issiqköl viloyatidagi vakolatli vakili apparati örtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik töğrisida Bitim;
20. Özbekistonning Andijon viloyati va Qirğizistonning Öş viloyati örtasida hamkorlikning kengaytiriş 2023-2025 yillarga mölajallangan kompleks Dastur («Yöl xaritasi»);
21. Özbekistonning Farğona viloyati va Qirğizistonning Botken viloyati administratsiyasi örtasida hamkorlikni kengaytiriş böyiça 2023-2025 yillarga möljallangan Kompleks dastur («Yöl xaritasi»);
22. Özbekistonning Namangan viloyati va Qirğizistonning Jalolobod viloyati administratsiyasi hamkorlikni kengaytiriş böyiça 2023-2025 yillarga mölajallangan kompleks Dastur («Yöl xaritasi»);
23. Özbekistonning Jizzax viloyati va Qirğizistonning Issiqköl viloyati administratsiyasi hamkorlikni kengaytiriş böyiça 2023-2025 yillarga mölajallangan kompleks Dastur («Yöl xaritasi»);
24. «Özeltexsanoat» AJ bilan Qirğiziston energetika vazirligi örtasida Anglaşuv memorandumi;
25. «Bahodir Log`on Tekstil» MÇJ bilan Qirğiziston prezidentining Norin viloyatidagi vakolatli vakili apparati örtasida hamkorlik töğrisida Memorandum.












