Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova tomonidan kiritilgan protestlarga asosan Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov raisligida 6ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Yakunda jami 120 nafar shaxs harakatlarida jinoyat tarkibi yo‘qligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan oqlandi.

Oliy sudda ko‘rib chiqilgan jinoyat ishlari quyidagilardan iborat:

1. O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) hay’atining 1925 yil 4 sentabrdagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra, Mirza Ibragimov Miroxur va boshqalar (jami 43 kishi) O‘zbekiston SSR JKning 61-moddasi (xorijiy mamlakatlar yoki ijtimoiy guruhlar foydasiga og‘ish) qalbaki hujjatlardan foydalangan holda urushni e’lon qilish hamda sovet davlatiga qarshi qurolli qarshilik harakatlarida ishtirok etish, 67-moddasi (aksilinqilobiy tashkilotlarga a’zolik qilish) va 69-modda (inqilobiy harakat va proletariat sinfiga qarshi faol harakat yoki kurashish) ya’ni fuqarolar urushi vaqtida aksilinqilobiy hukumat tuzishda aybli deb topilib, surgun jazosiga xuqm qilinib, ularga tegishli mol-mulklar musodara etilgan.

2. O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Doimiy vakili huzuridagi Uchlik yig‘inining 1930 yil 24 yanvardagi qaroriga ko‘ra, Oppoqxo‘ja Asqarxo‘jayev va boshqalar (jami 40 kishi) O‘zbekiston SSR JKning 78-moddasi (banditizm) sovet davlatiga qarshi qurolli qarshilik harakatlarida ishtirok etganlikda aybli deb topilib, surgun va eng og‘ir jazo-otishga hukm qilinib, otilgan va mol-mulki musodara qilinishi belgilangan.

3. Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Doimiy vakili qoshidagi Uchlik kengashining 1930 yil 24 martdagi bayoniga ko‘ra, Abdurahimov Mirzaxo‘ja va boshqalar (jami 15 kishi) O‘zbekiston