19 oktabr kuni Toşkentda bölib ötgan Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s'yezdida Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga Respublika Prezidenti vazifasini bajaruvçi, Özbekiston Boş vaziri Şavkat Mirziyoyev nomzodini körsatiş haqida qaror qabul qilindi. S'yezdda Şavkat Mirziyoyev öz saylovoldi dasturining asosiy yönalişlari haqida ma'ruza qildi.

U öz ma'ruzasida jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlaş — amalga oşirilayotgan barça islohotlar samaradorligiga erişiş, aholi turmuş darajasini oşiriş, mamlakatda tinçlik, totuvlik va barqaror vaziyatni ta'minlaşning asosiy kafolati ekanini ta'kidladi.
Öz saylovoldi dasturining asosiy yönalişlari töğrisida sözlar ekan, amaldagi boş vazir hamda Prezident v. b. quyidagi savol bilan murojaat qildi: «Odamlar bizdan nimani kutayapti? Eng avvalo, davlat idoralariga qilgan murojaatlari öz vaqtida, xolisona va qonuniy hal etilişini kutmoqda».
Joriy yilning 9 oyida Boş prokuraturaga 137 ming, Oliy sudga 67 ming, Adliya vazirligiga 52 mingdan ziyod kelib tuşgan murojaatlarning salkam 30 foizi bevosita tergov-sud faoliyati va sud qarorlari ijrosi sohasidagi masalalar bilan boğliq. Mansabdor şaxslarning harakatsizligi oqibatida takroriy murojaatlar soni ortib bormoqda.
«Qani, aytingçi, bu ahvolda aholining umuman sud-huquq tizimiga işonçi va uni mustahkamlaş töğrisida gapiriş mumkinmi özi?» — deya yana bir savolni örtaga taşlab, unga quyidagiça javob berdi: «Birinçi navbatda, barça darajadagi rahbar va mas'ul xodimlarning oğzaki va yozma murojaatlar bilan işlaşga bölgan munosabatini tubdan özgartiriş kerak».
Şavkat Mirziyoyev birinçi Prezident Islom Karimovning «Odamlar hamma narsaga çidaşi mumkin, lekin adolatsizlikka çiday olmaydi», degan sözlarini esga olib ötdi.
«Ammo, bugungi kunda sudlarda işlarni körib çiqişda yuz berayotgan ovoragarçilik joylarda fuqarolarning haqli noroziligiga sabab bölmoqda», — dedi u.
«Eng açinarlisi, keyingi yillarda sudlar tomonidan birorta ham oqlov hukmi çiqarilmagan. Bundan biz, barça tergov organlari xatosiz va juda sifatli darajada işlayapti, degan xulosaga kelişimiz mumkinmi? Yöq, albatta», — ta'kidladi Şavkat Mirziyoyev.
«Sud yoki oqlov, yoki qoralov hukmini çiqarişi kerak», — deya davom etgan Prezidentlikka nomzod.












